218 Quyidagi misralar qaysi bo'limdan olingan?
U na uyg'oq,
Va na uxlar,
Hissiz boqib turardi.
Ruhi uning
Oliy ruhlar
Dargohida yurardi.
A) «0zodlik»
B) «G'alayon»
С) «Oliy ruhlar to'g'risidagi naql»
D) «Shoir qalbi»
219 Nazrul Islom bu dunyoda Yetmish besh yil yashadi.
Ammo o'ttiz ikki yoshda Bu dunyoni tashladi.
Ushbu misralar dostonning qaysi qismidan olingan?
A) Shoirlar va payg‘ambarlar haqida rivoyat
B)Ozodlik
C) Oliy ruhlar haqida naql
D) Xotima
220 . Qaysi asarda eri o'lgan ayolni uning yoniga qo'shib ko'mishlari va buning oqibatida farzandlar ham otadan, ham onadan ayrilib yetim qolishlariga qarshi chiqqan, agar jangda o'zi halok bo'lsa, uning yoniga farzandlarining onasi emas, jang quroii ko'milishini shohdan so'rashga jasorat qilgan, bu ishi orqali necha asrlik xurofotga qarshi chiqib boshqalarning nafratiga sazovor bo'lgan jangchi yigit haqida rivoyat berilgan?
A) "Dunyoning ishlari" (O'tkir Hoshimov)
B) "Yulduzli tunlar" (Pirimqul Qodirov)
C) "Sohibqiron" (Abdulla Oripov)
D) "Ruhlar isyoni" (Erkin Vohidov)
221 Qaysi asarda bepoyon dashtda suvsizlikdan horib-charchagan odamning obihayotga duch kelgani, ammo ming yil
avval abadiy hayot baxsh etuvchi shu buloq suvini ichib afsus-nadomatda qolgan va o'zini qumga ko'mgan insonning hasratlarini eshitib suvni sahroga to'kib ketgani haqidagi rivoyat keltirilgan?
A)"Dunyoning ishlari" (O'tkir Hoshimov)
B)"Ruhlar isyoni" (Erkin Vohidov)
C)"Yulduzlar mangu yonadi" (Tog'ay Murod)
D)"Oq kema" (Chingiz Aytmatov)
Ona tili va adabiyot
222 Qaysi asarda o'z erkidan mosuvo bo'lgan, qo'rquvda yashayotgan, shuningdek, bosqinchilarning fitnasiga uchib o'zi bilan o'zi qirpichoq bo'layotgan xalqni erk uchun kurashga da'vat etayotgan shoirga: "Hamma bilar, Inson erkin -Yashashi shart poyidor. Biz ham aytsak bo'lar lekin Uyda bola-chaqa bor..." - deya malomat qiladilar?
A)"Sohibqiron" (Abdulla Oripov)
B)"Mambet botirning qatl oldidan aytganlari" (O'ljas Sulaymonov)
C)"Ruhlar isyoni" (Erkin Vohidov)
D)"Turkiylar" (Shavkat Rahmon)
Do'stlaringiz bilan baham: |