I. Obyektlarni tuzilmalari va algoritmlari obyektlarni loyihalash va axborotlarni xotirada tasvirlash 4


Download 0.75 Mb.
bet8/12
Sana15.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1479190
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b STEKLAR RO\'YXATLAAR

1.3 Ro’yxatlar


Ro'yxat bu shunday ma'lumotlar majmuasiki, uning elementlari bog’langan bo'lib, ular turli turlarga tegishli bo'lishi mumkin.
Ro'yxatga misol:
E1, E2, ........, En,... n > 1 bo'lib n fiksirlanmagan.
Ro'yxat elementlari soni dastur bajarilishi davomida o'zgarib turishi mumkin. Ro'yxatning 2 turi mavjud:
Bog’lanmagan
Bog’langan
Ro'yxatning bog’lanmagan turida uning elementlari orasidagi bog’liqlik oshkormas (noaniq) ko'rinishda bo'ladi. Bog’langan turida esa ma'lumot elementlariga ro'yxatda o'zidan oldingi yoki keyingi keluvchi element bilan aloqasini bildiruvchi ko'rsatich kiritiladi.
Dastur bajarilayotganda vujudga keladigan yoki o'lchamlari dastur bajarilishi mobaynida aniqlanadigan obyektlar dinamik obyektlar deyiladi. Dinamik a'lumotlar tuzilmasi 2 ta xususiyatga ega:
Tuzilmada elementlar soni oldindan aniqlanmagan.
Dinamik tuzilma elementlari qat'iy chiziqli tartiblanmagan.
Ular xotirada tartibsiz joylashgan bo'lishi mumkin. Dinamik tuzilma elementlarini o'zaro bog’lash uchun tuzilma elementlari tarkibiga informatsion maydondan tashqari ko'rsatkichlar maydoni xam kiradi (qarang, chizma) (tuzilmani boshqa elementlari bilan bog’liqlik).

1.3.1-chizma. Bog’langan ro'yxat.
P1 va P2 - o'zaro bog’langan elementlarni adreslarini o'z ichiga oluvchi ko'rsatkichlardir. Ko'rsatkichlar slot raqamini o'z ichiga oladi.
Bog’langan ro'yxatlar
Bog’langan ro'yxatlar eng ko'p tarqalgan dinamik tuzilmalardan xisoblanadi. Ma'lumotlarni mantiqiy tasvirlash nuqtai nazaridan ro'yxatlar ikkitaga ajratiladi: chiziqli va chiziqsiz.
Chiziqli ro'yxatlarda elementlar orasidagi bog’liqlik qat'iy tartiblangan bo'ladi, ya'ni element ko'rsatkichi o'zidan navbatdagi element adresini o'z ichiga oladi yoki aksincha.
Chiziqli ro'yxatlarga bir va ikki bog’lamli ro'yxatlar kiradi. Chiziqsiz ro'yxatlarga esa ko'p bog’lamli ro'yxatlar kiradi.
Umuman olganda ro'yxat elementi bir yoki bir necha ko'rsatkichlar yozuvi maydonini namoyish qiladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling