I. Obyektlarni tuzilmalari va algoritmlari obyektlarni loyihalash va axborotlarni xotirada tasvirlash 4
Download 0.75 Mb.
|
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b STEKLAR RO\'YXATLAAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.2 Yarim statik ma’lumotlar tuzilmalari.
Massiv - bu ma’lumotlarni ketma-ket taqdim etishdan foydalanib amalga oshiriladigan qat’iy belgilangan o’lchamdagi ma’lumotlarning chiziqli tuzilmasidir. Ma’lumotlar tuzilmasi sifatida massiv tushunchasi AAT tomonidan qayta ishlanadigan ma’lumotlar majmuasini aniqlovchi axborot massivi tushunchasi bilan aynan bir xil emas. Buning sababi quyidagicha.
Massivning har bir elementi bir yoki bir necha indekslar bilan identifikatsiya qilinadi. Indeks - bu qiymati tegishli elementning massivdagi joyini aniqlaydigan butun sondir va u ushbu elementdan erkin foydalanish uchun ishlatiladi. Massivning alohida elementlari o’zgarishi mumkin (ya’ni yozuvlar modifikatsiya qilinishi mumkin), lekin massiv elementlarining umumiy soni hamisha o’zgarmas bo’lib qoladi, demak, massivlar uchun qo’shish va o’chirish operatsiyalari mavjud emas. Massivning har bir elementini identifikatsiya qiladigan indekslar soniga qarab bir o’lchamli va ko’p o’lchamli massivlar farqlanadi. Jadval bu har bir elementi kalitning ma’lum qiymati bilan tavsiflanadigan va elementlaridan erkin foydalanish kalit bo’yicha amalga oshiriladigan ma’lumotlarning chiziqli tuzilmasidir. Oldin ko’rib chiqilgan barcha ma’lumotlar tuzilmalarida tuzilma elementlaridan erkin foydalanish chegaralangan, chunki faqat saqlash tuzilmasi indeks yoki ko’rsatkich vositasida erkin foydalanishni ta’minlayotgan element o’qilishi mumkin, bunda erkin foydalanish jarayonida yozuvlar maydonlarining qiymati hech qanday tahlil qilinmaydi. Axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlashning ko’pgina vazifalarida muayyan alomatlarga ega obyektlar to’g’risidagi yozuvlarga murojaat qilinishi kerak. Bu holatda erkin foydalanish jarayonida yozuv (odatda, kalit) maydonining qandaydir qiymatini tahlil qilish zarur bo’ladi, buning asosida ushbu yozuvni o’qish va uni qayta ishlashga uzatishning zarurligi to’g’risidagi masala hal qilinadi. Kalit bo’yicha erkin foydalanish deyiladigan bunday erkin foydalanish ma’lumotlarning jadval tuzilmasida amalga oshiriladi. Ketma-ket taqdim etishda jadval ketma-ket ro’yxat ko’rinishida saqlanadi. Jadvalning yozuvlari oldindan zahiraga olingan xotira blokida birin-ketin joylashadi. Bunday jadvallarni tuzish va to’ldirish oson, yangi yozuvlarni jadvalning oxiriga minimal vaqt ichida qo’shish oson. Biroq bunday jadvallarda izlash uzoq davom etadi, chunki ketma-ket ravishda jadvalning birinchisidan boshlab barcha yozuvlari ko’rib chiqiladi va ularni kalit maydonlarining qiymati tahlil qilinadi. Ko’rib chiqish kerakli yozuv topilmagunicha yoki butun jadvalni ko’rib chiqishdan so’ng kerakli yozuvning yo’qligi signali ishlab chiqilmagunicha amalga oshiriladi. Odatda, jadval yozuvlari qandaydir tamoyil bo’yicha (masalan, kalit qiymatining oshib borishi bo’yicha yoki yozuvlar murojaatlarning soni bo’yicha) tartibga solinadi va tartibga solingan ketma-ket ro’yxat ko’rinishida saqlanadi. Bu holatda izlash maxsus usullarni ishlatish hisobiga sezilarli ravishda tezlashtirilishi mumkin. Biroq tartibga solingan ketma-ket ro’yxatni yuritish qiyinlashadi va u bilan bir qator qo’shimcha protseduralar birga keladi. Sh unday qilib, masalan, ketma-ket tartibga solingan ro’yxatga yangi jadval yozuvini kiritish uchun yangi yozuv o’z kalitining qiymatiga muvofiq ro’yxatda egallashi kerak bo’lgan o’rinni aniqlash zarur. Xotiraning tegishli uyasi bo’shatilishi kerak, buning uchun barcha yozuvlar bir uyaga ko’chiriladi, ya’ni massivning bir qismi qayta yoziladi. Tartibga solingan jadval o’zaro bog’langan ro’yxat shaklida saqlanishi mumkin. Bunda dinamik ravishda o’zgartirilib boriladigan jadvalni yuritish qayta yozish protseduralarini bajarishni talab etmaydi. Lekin bunday jadvalda yozuvlarni ko’rsatkich tomonidan belgilangan tartibda ketma-ket ko’rib chiqibgina izlash mumkin. Jadvallarni saqlash uchun ko’pincha ma’lumotlarni taqdim etishning aralash usulidan foydalaniladi. Bunda axborot massivini yaratishning dastlabki bosqichida har bir jadvalning yozuvlari zahiralangan xotira bloklarida ketma-ket joylashtiriladi. Jadvallar o’sib borgani sayin bloklar ham to’lib boradi. U yoki bu blok butunlay to’lib bo’lganda bu jadval uchun yangi xotira bloki ajratiladi, u ko’rsatkich orqali oldingi to’lgan blok bilan bog’lanadi. A jadvalning xotira bloki to’lganidan so’ng xotiraning bo’sh joyida A jadval uchun birinchi blok bilan ko’rsatkich orqali bog’langan yangi blok ajratiladi. V jadval ham o’sib borgani sayin u uchun ham yangi xotira bloki ajratiladi. Saqlashning bunday tuzilmasi elementlari soni oldindan noma’lum bo’lgan jadval tuzilmalarini xotirada joylashtirish uchun qulaydir. 1.2.2 Yarim statik ma’lumotlar tuzilmalari.Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling