Bir bog’lamli ro'yxatlar
Bir bog’lamli ro'yxat elementi ikkita maydonga ega (chizma): informatsion maydon (INFO) va ko'rsatkich maydoni (PTR).
1.3.2-chizma. Bir bog’lamli ro'yxat
Bir bog’lamli ro'yxatda ko'rsatkichni o'ziga xosligi shundan iboratki, bunda faqatgina o'zidan keyin keluvchi ro'yxat elementi adresini ko'rsatadi. Ro'yxat eng so'ngi elementining ko'rsatkich maydoni bo'sh bo'ladi (NIL). LST - ro'yxat boshiga ko'rsatkich. Umuman olganda ro'yxat bo'sh xam bo'lishi mumkin, bu holda LST NIL bilan ustma-ust tushadi, ya'ni teng bo'ladi.
Ro'yxat elementiga murojat faqatgina ro'yxat boshidan amalga oshiriladi, ya'ni bu ro'yxatda teskari aloqa yo'q.
halqasimon bir bog’lamli ro'yxat
halqasimon bir bog’lamli ro'yxat oddiy bir bog’lamli ro'yxatda eng so'ngi element ko'rsatkichiga ro'yxat boshi elementi ko'rsatkichi qiymatini o'zlashtirish orqali xosil qilinadi (chizma).
1.3.3-chizma. Halqasimon bir bog’lamli ro'yxat
Ko'pgina masalalarni hal qilishda bir tomonga yo'naltirilgan ro'yxatlardan foydalanish ma'lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiharadi. Sababi, bir tomonga yo'naltirilgan ro'yxatda har doim ro'yxatda bosh bo'g’imdan ro'yxatning so'ngi bo'g’imi tomoniga xarakatlanish mumkin xolos. Lekin ko'pgina masalalar hal qilinayotganda ma'lum bir elementni qayta ishlash uchun undan oldin kelgan elementga murojaat qilish zarurati paydo bo'ladi. Ushbu holatda berilgan elementdan oldin kelgan elementga murojaat qilish bir bog’lamli ro'yxatda noqulay va ancha sekin amalga oshiriladi xamda uni amalga oshirish algoritmi murakkablashadi.
Ushbu noqulayliklarni yo'qotish maqsadida ro'yxatning har bir bo'g’imiga yana bitta maydon qo'shiladi. Ushbu maydon qiymati o'zidan oldin kelgan bo'g’imga murojaatdan iborat bo'ladi. Ushbu ko'rinishdagi elementlardan tashkil topgan dinamik tuzilmaga ikkitomonlama yo'naltirilgan yoki ikki bog’lamli ro'yxat deyiladi.
Ikki bog’lamli ro'yxatning har bir elementi ikkita ko'rsatkichga ega. Bittasi oldingi elementga ko'rsatadi (teskari), ikkinchisi navbatdagi elementni ko'rsatadi (to'g’ri) (chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |