1.2.3.1-chizma. Uch darajali daraxt
1.2.3 .2-chizma.. Murakkab tarmoqni oddiy ko ’rinishga olib kelish
Ba’zan daraxtlarni tasvirlashda genealogik daraxtlar (shajara)ni tasvirlashda ishlatiladigan alohida atamalarni qo’llash qulaydir. Masalan, yaratuvchi cho’qqini ba’zan ota deb, barcha yaratilganlarni esa - avlodlar yoki o’g’illar deb atashadi.
Daraxtlarni grafik tasvirlash usulidan tashqari boshqa usullar ham mavjud.
Ularning biri, masalan, kitob mundarijasini tuzishda qo’llaniladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon tuzilmasini tarmoq tuzilmalariga qaraganda kompyuter xotirasida amalga oshirish ancha qulaydir. Bundan tashqari, tarmoqlar bilash ishlash uchun daraxtlar bilan ishlashga qaraganda ancha murakkab dasturiy ta’minot talab etiladi. Shuning uchun bir qator vaziyatlarda har bir tarmoqni daraxtlarning ma’lum majmuasi bilan almashtirib, tarmoq tuzilmalari oddiy ko’rinishga olib kelinadi. Bunda agar murakkab tarmoqni daraxtlar ko’rinishida aks ettirish kerak bo’lsa, uni avval oddiy ko’rinishga keltiriladi, so’ng esa olingan oddiy tarmoqlar daraxtlar bilan almashtiriladi.
U yoki bu daraxt qanoatlantiradigan shartlarga qarab, daraxtlarning turli tiplari ajratib ko’rsatiladi.
Ko’p hollarda har bir alohida darajada bo’g’imlarni ketma-ket kelishining nisbiy tartibi ma’lum ahamiyatga ega. Bo’g’imlarni ketma-ket kelishining tartibi berilgan daraxt tartibga solingan daraxt (masalan, algebraik ifodalar) deb ataladi.
5.6-chizmada daraxt tasvirlangan bo’lib, bo’g’imlarning ko’rsatilgan raqamlanishiga muvofiq uni aylanib o’tish quyidagi algebraik ifodani olishga imkon beradi:
a*b-c+d/e
1.2.3.3-chizma.. Algebraik ifoda daraxti
Turli turdagi daraxtlarda har bir bo’g’im turli tipdagi yozuv bilan ifodalangan bo’ladi. Masalan, mexanizmga texnik xizmat ko’rsatish grafigini aks ettiruvchi daraxtsimon tuzilmaning bo’g’imi (5.7-chizma)texnik vositaning xarakteristikasi, texnik xizmat ko’rsatishni o’tkazgan mexanikning atributlari, xizmat ko’rsatish sanasi va boshqalarni tasvirlaydigan yozuvlar hisoblanadi. Ushbu barcha yozuvlar turli formatga, maydonlarning turli tarkibiga ega, ya’ni turli tipdagi yozuvlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |