I. O’quv-didaktik material hamda vositalarni tayyorlash va ulardan foydalanish


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1145416
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ishi




 
MUNDARIJA 
KIRISH...................................................................................................3 
ASOSIY QISM………………………………………………………. 6
I. O’quv-didaktik material hamda vositalarni tayyorlash va ulardan
foydalanish……………………………………………………….……6
II. Zamonaviy pedagogika darsliklari va Davlat ta’lim standartlarida 
belgilangan talablari mazmuni………………………..……………….14
III. Darslik, o’quv qo’llanmalarini yaratish va ularning tuzilishi…….. 19 
XULOSA............................................................................................... 31 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI............................33 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga 2021 yil 
uchun Murojat nomasida global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni 
ta’minlash Prezdentdan boshlab barcha darajadagi raxbarlarning bosh vazifasi 
bo‘lmog‘i kerak. Informatika, hisoblash uskunalari, operatsion anjom va 
telekommunikatsiyalarning zamonaviy yutuqlari yuqori texnologiya turini, ya'ni 
axborot texnologiyalarini yanada yuqori darajaga ko‘tardi.Didaktik materialning 
xususiyatlari maqsadlarga, talabalarning xususiyatlariga va o‘qish sharoitlariga, 
shuningdek, infratuzilmalar va texnologiyalarga kirish imkoniyatlariga qarab farq 
qilishi mumkin. O‘rgatuvchi didaktik vositalar bizga tanish, hayotimizda uchraydi-
gan, xatto biz foydalanib yurgan vositalar bo‘lgan.
O‘quv materiallari- bu o‘qitish 
uchun maxsus ishlab chiqarilgan barcha turdagi elementlar va moslamalarni qamrab 
oladi. Boshqacha qilib aytganda, ular o‘qituvchi yoki o‘qituvchi o‘quv jarayonini 
o‘quvchilari bilan birga olib borishda foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalardir. 
Bu o‘qitish faoliyatini soddalashtiradigan yoki osonlashtiradigan modddiy 
ositalar. Ular jismoniy yoki deyarli yetkazib berishi mumkin va o‘quvchilarni 
qiziqishini rag‘bantlantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Ular mavzu mazmuni 
bo‘yicha qo‘llanma sifatda ishlaydigan manba turidir. Odatda didaktik materiallarni 
uni amalda qo‘llaydigan shaxs, ya’ni o‘qituvchi tayyorlaydi, u o‘z o‘quv uslubidan 
foydalangan holda o‘z sinflari doirasida maqsadlarga erishdi. O‘quv ateriallarining 
xususiyatlari. Didaktik materialning xususiyatlari maqsadlarga, talablarning 
xususiyatlariga 
va o‘qish sharoitlariga, shuningdek infratuzilmalar va 
texnalogiyalarga kirish imkoniyatlariga qarab farq qilshi mumkin. O‘rgatuvchi 
didaktik materiallar.O‘quv va didaktik materialarni tayyorlashda vaqt va texnik 



imkoniyatlarni inobatga olgan holda e’tiborni quydagilarga qaratish lozim. Mustaqil 
O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika 
Konstitusiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va 
jamiyatni 
barpo 
etish, 
shuningdek, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
hamda 
madaniy 
rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib 
o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Ushbu masadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy 
bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyo qarash hamda tafakkur 
ko’lamini hosil qilish, ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-
tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, yurtning porloq 
istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan 
yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, 
mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini 
ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga 
bog’liqdir. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasi (1997yil 29 avgust)da 
qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda 
muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to’g’risida»gi Qonuni va «Kadirlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol 
shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati 
to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir 
bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga 
ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga ko’tarish borasida muayyan 
vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning bosqich (2005 
va undan keyingi yillar) da (ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot 
bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy 
majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash» kabi dolzarb 
vazifalar ijobiy hal etilmog’i lozim. 



Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishda yana bir omilning mavjudligi, 
ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o’qituvchilarning zamonaviy ta’lim 
texnologiyalarining mohiyatidan habardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida 
samarali qo’llay olishlari, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy 
yondashuvning qaror topishi, shuningdek, ta’lim jarayonida didaktik vositalardan 
samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’qituvchi-pedagoglarning didaktik jarayonni noan’anaviy shakllarda tashkil etish, 
ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyixalashga erishish, didaktik 
jarayonni obyektiv nazorat qilish shakllarini ishlab chiqish hamda o’quv-didaktik 
vositalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalarga ega bo’lish ta’lim oluvchilar 
tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma 
va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling