23-mavzu. Stress holati psixokorreksiyasi
Stress borasida umumiy tushuncha va stress holati paydo boʻlish omillari. G. Selee
boʻyicha stressni bosqichlari. Stress borasida nazariyalar. Sportchi faoliyatiga stress
omillarning ta’siri. Stress holati psixokorreksiyasi.
IV. Amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar va
tavsiyalar
Amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha kafedra professor-oʻqituvchilari
tomonidan koʻrsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza
mavzulari boʻyicha olgan bilim va koʻnikmalarini psixologik testlar va korreksion
texnikalarni amalda qoʻllash orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va oʻquv
qoʻllanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma
materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar
bilimini oshirish, psixologik testlarni qoʻllash, mavzular boʻyicha tahlil qilish va
boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashgʻulotlarda talabalar psixodiagnostika va psixokorreksiya sohasi
haqida tushuncha, psixodiagnostika va psixokorreksiyaning ijtimoiy va axloqiy jihatlari,
psixodiagnostika metodlari va ularning klassifikasiyasi, psixokorreksiya asosiy
yunalishlariga oid yondashuvlar haqida oʻrganadilar.
Shuningdek, talabalar bir-birlarini aqliy imkoniyatlari, Shaxsiy xususiyatlari,
ijtimoiy-psixologik ta’sir omillarini oʻrganish orqali, harqanday faoliyat jarayonini toʻgʻri
rejalashtirish, uchraydigan kamchiliklarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika
ishlarini olib borish imkoniyatini yaratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |