3
I.
Oʻquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi oʻrni
Oliy oʻquv yurtlarida yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayorlash
jarayonida psixodiagnostikasi va psixokorreksiyaning roli va oʻrni beqiyosdir. “Sport
psixodiagnostikasi va psixokorreksiya” fani sport psixologiyasi fanining muhim
sohalaridan biri boʻlib, uning yordamida sportchi psixikasining oʻziga xos xususiyatlari
haqida toʻliq ma’lumotlar toʻplash, tahlil qilish va meʻyordan ogʻish jihatlarini korreksiya
qilish imkoniga ega boʻlinadi.
“Sport psixodiagnostikasi va psixokorreksiya” fanining psixodiagnostika sohasi
yordamida sportchi Shaxsining aqliy imkoniyatlari, Shaxsiy xususiyatlari, undagi
ijtimoiy-psixologik ta’sir omillarini oʻrganish orqali, har qanday sport faoliyati jarayonini
toʻgʻri rejalashtirish, uchraydigan kamchiliklarni tuzatish, psixologik-pedagogik
profilaktika hamda korreksion ishlarni rejalashtirish imkoniyatiga ega boʻlish mumkin.
Ushbu fanning psixokorreksiya sohasi yordamida kundalik hayotimizdagi
Shaxsning turmush-tarzi va sharoitlariga moslashaolmaslik, yoshga oid inqirozlar,
ijtimoiy deviasiya, Shaxslararo munosabatlar disgarmoniyasi kabilar bilan bogʻliq boʻlib,
mijozning ushbu muammolarini korreksiya qilishga yunalgan.
Shu jihatdan ham Oliy ta`lim tizimida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash
jarayonida “Sport psixodiagnostikasi va psixokorreksiya” fanining roli va oʻrni
beqiyosdir.