I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Kartografiya
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Kartografiya fani geodeziya, kartografiya va kadastr ixtisosliklarini muvaffaqiyatli egallashda muhim fundamental fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu sohalarda kartografiya fanidan chuqur bilimga ega bo„lmasdan zamon talabiga mos yetuk mutaxassis bo„lib yetishish uchun zarur bilimlarni puxta o„zlashtirib bo„lmaydi. Xususan, aholi va ishlab chiqarish obyektlarini qurishda, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishda, ularni geodezik-kartografik ishlar bilan ta‟minlashda kartografik mahsulotlar (plan, xarita, atlaslar va h.k.) muhim o„rin tutadi. “Kartografiya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2- kurslarda o„qitilishi maqsadga muvofiq. “Kartografiya” fani geodeziya, kartografiya va kadastr bakalavriat ta‟lim yo„nalishida o„qitiladi. Mazkur fan geodeziya va kadastr fanlarining nazariy va uslubiy asoslari bilan chambarchas bog‟liq. Kartografiya fani ko„nikmalari iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida, xususan geodeziya, davlat kadastrlari yagona tizimi, boshqaruv, harbiy soha, navigatsiya, qishloq xo„jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishda, turli ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish kabilarda qo„llaniladi. Shu boisdan, kartografiya geoinformatika va fazoviy tahlil, xaritalarni loyihalash va tuzish, sotsial-iqtisodiy kartografiya, yer huquqi va kadastri bilan bog„liq bo„lgan fanlar poydevori hisoblanadi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling