II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o„qitishdan maqsad – talabalarga kartografiya fanining nazariy va
amaliy ahamiyatini, geografik xaritalarning elementlarini, kartografik asarlarning
turlarini, ahamiyatini va ulardan foydalanish uslubiyatlarini o„rgatish hamda ularni
amaliyotda tadbiq etish ko„nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy
ko„nikmalar, kartografik asarlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo„yicha talabalarning bilim, ko„nikma va malakalariga quyidagi
talablar qo„yiladi. Talaba:
- kartografiya fani, uning iqtisodiyotda tutgan o„rni;
- kartografiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi;
- mamlakatimizda kartografiyaning rivojlanish istiqbollari;
- fan-texnikaning rivojlanishida kartografik mahsulotlarning ahamiyati
to„g„risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- geografik xaritalarning elementlarini;
- kartografik shartli belgilar va kartografik tasvirlash usullarini;
- geografik xarita va atlaslarning ahamiyati va tasniflanishi xususiyatlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |