I. O’zbekistonda bastakorlik yo’nalishi rivojlanishining nazariy
Download 0.81 Mb.
|
D.Omonullayeva kurs ishи охири
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisholda Rauf Tolib sheri, Dilorom Omonullayeva musiqasi
- O zbekiston - Vatanim manim. Jumaniyoz Jabborov sheri, Dilorom Omonullayeva musiqasi.
Vatanjonim -Vatanim
Po'lat Mo'min she'ri, Dilorom Omonullaeva musiqasi Vatanga bo'lgan dil izhori o'z onasiga qilgandek alohida mehr bilan sadoqat hislari yoshgina qalbidan izhor qilishi bu asarga yangicha bir tarovat baxsh etadi. "V tuyg' u har bir o'g'il -qizni befarq qoldirmaydi. Istiqlol tufayli farovonlikka yuz tutgan O'zbekiston, bolalarga alohida mehr ko'rsatilayotgan bu qutlug' diyor haqida yozilgan bu asarning melodik tuzilmasi ham o'yoq imiligililigi va xalqchiligi bilan alohida ajralib turadi. Uning raqsona xarakteri bolalarni o'ziga tezgina rom qilib olishi mumkin. Asar unchalik katta ovoz talab qilmasligi va melodiyasining kuylash qulayligi uchun boshlang'ich sinf oquvchilariga to'g'ri keladi. Nisholda Rauf Tolib she'ri, Dilorom Omonullayeva musiqasi O'zbek xalqining sevib iste’mol qiladigan taomlaridan biri nisholda bo'lib, u shirin, mazali hammaga birday yoqadigan xush ta'mga ega .U kishini to'q tutganligi va chanqatmasligini hisobga olib, odatda ramazon oylarda ko'p istemol qilish xalq taomiliga aylangan. Nisholdani Navro'z bayramida ham tayyorlashadi. U bolalar yaxshi ko'radigan musqaymoqdan ham totliroq ekanligi tansiq taom ekanligi tilga olinadi.Bolalar oh! -oh! deya uning mazasini tatib ko'rishga chaqiradi. Aynan shu oh! bo'g'inlari asarda ko'p bor takidlanadi va uni alohida, uzib — uzib kuylash tavsiya etiladi. Asar boshlang'ich sinf o'quvchilariga mos keladi. To'yda, bayramda, Ro'za ayyomda. Tansiq nisholda, Tortiq nisholda. Muzqaymoqdan zo'r, Mana, yalab ko'r. Oh - oh nisholda, Oppoq nisholda. Naqorat: Mazali, totli - oh! Misli novvotli, - oh! Oh - oh nisholda, Oppoq nisholda! Muzqaymoqdan zo'r, - oh! Mana, yalab ko'r, - oh! O 'zbekiston - Vatanim manim. Jumaniyoz Jabborov she'ri, Dilorom Omonullayeva musiqasi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boslilab, O'zbekiston bastakorlar uyushmasi va yozuvchilar uyi yosh avlodni yangi mazmundagi qo'shiqlar bilan ta'minlashga alohida e'tibor berib, "O'zbekiston - Vatanim manim" ruhni ostida qo'shiqlar ko'rik tanlovini tashkil qilishda, yuzlab yangi zamon ruhidagi qo'shiqlar paydo bo'ldi. Zero shoir takidlaganidek, "Qo'shiqlarda vatan ma'nosi, Qo'shiqlarda xalqim sadosi. Vatan kuyin yangratsa dillar Yangrar yurtning yeru - samosi" Kompozitor asarning milodiyasiga o'n oltitalik notalar, sinkopa va moshqa milodik tuzilmalarning yangi - yangi variantlaridan foydalangan holda originallik kiritgan. Asar ko'p ovozlik xor uchun mo'ljallangan bo'lib, u xor jamoasidan anchagina badiiy yetuklik talab qiladi. Unchalik tez bo'lmagan surat asarni shoshilmasdan salobat bilan kuylashni talab etadi. IT aktava "fa" notasini qiynalmay kuyla oladigan xonandalari mavjud bo'lgan yoshlar xor jamoalari bu asarni muvofaqiyatli kuylashlari mumkin. Marsh musiqalari aziz bolajonlarga g‘ayrat, tetiklik va xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Marsh (fr, marche-yurish, oldinga harakat qilish) harbiy yurishlarda, paradlarda ishtirokchilarni ruhlantirish, ularning hissiyotlariga ta’sir etish maqsadida yozilgan musiqiy asardir. Takt o‘lchovi 4/4 (ba’zan 2/4, 6/8) bo‘lib, ravon ritmda, kuyi ravshan bo‘ladi. Marshning sur’ati va musiqa harakteri bilan bir biridan ajraladigan turlicha xillari mavjud. Masalan, parad marshi, yurish marshi, tantanali marsh, motam marshi va boshqalar. Yurish marshi ko‘proq qo‘llaniladi. Bu marsh xushchaqchaq tempda va xarakterda yaratiladi. Xulosa qilib aytganda, marsh musiqalarisiz bayram ertaliklari, hatto bog‘chaning bir kunlik oddiy hayotini ham tasavvur etish qiyin.D.Omonullayeva tomonidan bastalangan “Marsh” asari shular jumlasidandir Xulosa Bolalarni yuksak madaniyatli estetik didini yuqori darajada rivojlangan komil inson qilib tarbiyalashda musiqa ta’limining ahamiyati beqiyosdir. Bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi ayni haqiqatdir. Musiqiy ta’limda jamoa bo‘lib kuylash yuqorida ta’kidlab o‘tilgan maqsad va vazifalarimni amalga oshirishda eng muhim va samarali omillardan biri hisoblanadi. Musiqa janrlari ichida eng “demokratik va ommaviy xususiyatga” ega bo‘lgan tur — bu xor san’atidir. U insonlarning kundalik hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni g‘oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalaydi. Xor san’ati ommani estetik ruhda tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni xalq qo‘shiqlari ijodiyoti durdonalari, klassik vokal-xor asarlar namunalari bilan ham tanishtiradi. Respublikamizdagi ijodiy jarayonning yuksalishi bolalar ijodi sohasida ham o‘z aksini topmoqda. 1997 yildan boshlab o‘tkazilgan “O‘zbekiston vatanim manim” qo‘shiq tanlovida boy va qiziqarli tajribalar orttirilgan. Unda barcha maktab xor jamoalari qatnashib, eng zo‘r ijodiy kuchlarni namoyish etishgan. Jamoalarning ijro dasturi rang-barang bo‘lib, unda Sh.Yormatov, N.Norxodjayev, D.Omonullayeva, X.Xasanova, A.Mansurov va boshqa kompozitorlar asarlarini qamrab olgan. Yangi O‘zbekiston musiqa madaniyati badiiy turlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bunga hozirda mavjud bo‘lgan milliy mumtoz musiqa an’analari, xalq ijodi , kompozitorlar faoliyati, badiiy havaskorlik shakllari hamda keng rivoj topgan estrada yo‘nalishlari dalolat beradi. O‘zbekiston kompozitorlar ijodida yangi uslublarni mujassam etgan asarlar paydo bo‘lmoqda. Oxirgi paytda bolalar uchun estrada yo‘nalishidagi , pop-musiqa uslubida yaratgan asarlarini ijod etish ham yuz bermoqda. Bolalar uchun musiqa- bu kompozitorlik ijodining o‘ziga hos turi bo‘lib, ularda aniqlik, oydinlik va musiqiy obrazlarining hammabopligi oddiy shakl va mazmuniga ega bo‘lishi muhim sanaladi. Bolalar uchun mo‘ljallangan qo‘shiqlarda yana ular ovozining yosh xususiyatlari, uning uncha katta bo‘lmagan diapazoni, ijro etish uchun maksimal darajada qulaylikka erishish, qo‘shiq matning soddaligi , yorqinligi va yuqori badiiyligi hisobga olinishi kerak. Qo‘shiqlar, asosan, yakka va xor bo‘lib ijro etish uchun yaratiladi. O‘zbekistonda kompozitorlik ijodi tobora takomillashib, bolalar uchun ajoyib yangidan- yangi qo‘shiqlar paydo bo‘lmoqda. 2019 yilda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tasarufidagi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tashkilotlari, hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan “Bolalar qo‘shiqlari respublika tanlovi - festivali” bolalar xor musiqasi uchun ijod qiladigan yangi nomlarni bizga kashf qildi. Bunday tanlov va festivallarni tizimli ravishda o‘tkazilishi va shunga o‘xshash tadbirlarning keng ko‘lamda tashkil etilishi o‘zbek bolalar xor musiqasining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling