I. O’zbekistonda bastakorlik yo’nalishi rivojlanishining nazariy
Xulosa…………………………………………………………………………25-26
Download 0.81 Mb.
|
D.Omonullayeva kurs ishи охири
- Bu sahifa navigatsiya:
- D.Omonullayevaning bolalar asarlari tahlili
- Taqrizchi: Sh.Maxkamova-TVCHDPI, Musiqa ta`limi kafedrasi katta o`qituvchisi, kafedra mudiri.
Xulosa…………………………………………………………………………25-26
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………..27 Ilovalar ……………………………………………………………………….28-31 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti San`atshunoslik fakulteti “5111100-Musiqa ta`limi” yo`nalishi 19/2 guruh talabasi Ikromova Mohinabonu Zokirali qizining “Musiqa nazariyasi” fanidan “D.Omonullayevaning bolalar asarlari tahlili” mavzusidagi kurs ishiga TAQRIZ Yosh avlodning ma`naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan bahramand bo`lishi uchun zarur shart-sharoit yaratish musiqiy ta`limni yanada rivojlantirish masalalari o`ta muhim ahamiyat kasb etadi. Chindan ham yoshlarimiz qalbida ularning musiqiy nafosat dunyosiga oshno etmasdan turib ularning ma`naviyati haqida so`z yuritish quruq safsata desak yanglishmaymiz. Musiqa tarbiyasi umumtarbiyaning asosiy va murakkab qurollaridan biri bo`lib, atrofdagi go`zal narsalarni yuksak idrok etishga va qadrlashga o`rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiribgina qolmay balki ma`naviy dunyoqarashlarini shakillantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli e`tibor, kuchli ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lib, o`quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-estetik tarbiyaning muhim vositasidir. Buyuk qomusiy olimimiz Abu Nasr Al Forobiy "Bu fan hammamiz uchun foydalidir" degan edi. Bobomiz Shayx Sa`diyning shunday so`zlarini keltirishimiz mumkin "Musiqa odam ruhining yo`ldoshidir". Musiqa insonga tez ta`sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi vositadir. Ushbu kurs ishi ayni muddao bo`ldi. Maktab va musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab o`quv joylari musiqa fani darsliklarida o`zbek bastakolarir musiqa ijod yo`llari bilan tanishish, maktab yoshidagi bolalarni musiqiy madaniyatda ulg`aytirishimiz uchun asosdir. Tanlangan mavzuning dolzarbligi D.Omonullayevaning bolalar asarlari tahlili bilan tanishish va musiqa nazariyasi fanida o`zlashtirilgan bilim va malakalari yordamida bastakor ijodiy faoliyatini tahlil qilishdir. Kurs ishi loyihasi 32 sahifadan iborat bo`lib, tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olgan: titul varog`i, reja, kirish qismi, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, ilovalar va mundarija. Talaba kurs ishi mazmunini kurs ishi maqsad va vazifalarini ochib berishga qaratgan va buni uddasidan chiqqan. Kurs ishi kirish qismida mavzuni dolzarbligi, kurs ishi maqsadi, predmeti va ob`ektui belgilanib olingan. Asosiy qism ikki bobdan iborat bo`lib, I- bob mavzuni nazariy jihatlari, mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tahlili amalga oshirilgan. II- bob musiqa asarini bevosita tahlilini ochib beradi. Kurs ishi mazmuni xulosa va takliflar bo`limi bilan yakunlanadi. Unda talaba mavzu yuzasidan aniq xulosa keltirgan va o`z nuqtai nazari bilan mavzuga munosabat bildirgan, hamda bir-nechta takliflar berib ketgan. D.Omonullayevaning bolalar asarlari tahlili haqida atroflicha berilgan ma`lumotlar kurs ishini izchil va tizimli yoritilishini ta`minlagan. Shu bilan birga kurs ishida asarlarning yaratilish bosqichlari ochib berilgan. Asarlarning hususiyati va o`ziga hosliklaru ta`riflab berilgan. Ishning yakunida berilgan takliflardan umumta`lim maktablari musiqa madaniyati darslarida foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Kurs ishni yozishda 17 ta fanga oid adabiyot va 2 ta internet manbalardan foydalanilgan. Ishga oid nota matni, bastakor portreti ilova bo`limidan joy olgan, kurs ishi mazmuni uzviy ketma-ketlikda joylashtirilgan. Kurs ishi loyixasini yozish davomida juz`iy xatoliklarga yo`l qo`yilgan, bundan tashqari foydalanilgan adabiyotlar ko`rsatilgan bo`lsada, foydalanilgan manbaning sahifasiga aniqlik kiritilmagan. Yuqoridagilarni e`tiborga olgan holda, San`atshunoslik fakulteti “5111100-Musiqa ta`limi” yo`nalishi 19/2 guruh talabasi Ikromova Mohinabonu Zokirali qizining “Musiqa nazariyasi” fanidan , “D.Omonullayevaning bolalar asarlari tahlili“ mavzusidagi kurs ishi O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining bakalavriat bosqichi talabalarining kurs ishida tayyorlash talabiga to`la mos keladi. Mazkur kurs ishini tugallangan deb hisoblayman va uni himoyaga tavsiya etaman. Taqrizchi: Sh.Maxkamova-TVCHDPI, Musiqa ta`limi kafedrasi katta o`qituvchisi, kafedra mudiri. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling