I. P. Pavlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning nerv hujayralardagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarning kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir -birga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faol


Download 107.83 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi107.83 Kb.
#1715878
Bog'liq
mamasharipova ziyoda 2 mus ishi


Mavzu: Oliy nerv faoliyatining tiplari. Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish. Uyqu, tush korish va gipnoz, uyqu gigiyenasi.
Reja:
  • Oliy nerv faoliyatining tiplari

  • 2. oily nerv faoliyatining 4 tipi
    3. Bolalardagi iflos nevroz

Oily nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po’stlog’ida joylashgan nerv xujayralari (nerv markazlari) ning normal funksiyasiga yoki ulardagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir- biriga munosabatiga bog’liq.
Shartli reflektor faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig’indisi har bir organizmning irsiy xususiyatlariga va avvalo xayot tajribasiga bo’gliq bo’lib, nerv siustemasining tipi deyiladi .
I.P.Pavlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning nerv hujayralardagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarning kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir –birga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan edi .
Kuchli, qo’zg’aluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip. Bu tipda qo’zgalish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo’zg’alishi tormozlanishdan ustun turadi.Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo’ladi, u o’rta o’zlashtiriladi biror ishga tez kirishi, tez soviydi. Emotional reaksiyalari kuchli, bilar - bilmas javob berib o’z fikrini maqullaydigan, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo’lgan shartli reflekslar tez so’nadi. Maktab hayotiga kichiklik bilan ko’nikadi, nutqi tez va qo’pol, xarakterli o’zgaruvchan , o’z hissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agresiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tiziomli ish faoliyatiga ega bo’ladi.
Kuchli, qo’zg’aluvchan , muvozanatlashgan, serharakat tip. Bu tip nerv prosesslarning kuchliligi, qo’zg’alish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Maktab hayotiga tez ko’nikadi, o’qish va yozishni tez o’rganadi, ular namunali hulqqa ega bo’ladi, darslarni a’lo darajada o’zlashtiradi, uyga berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelishiga harakat qiladi, nutqi tez va ravon, so’z boyligi ishoralar bilanb o’z fikrini boshqalarga ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.
kuchli, qo’zg’aluvchan, muvozanatlashmagan, kam harakat tip. Bu tipda qo’zg’alish va tormozlanish kuchli, ammo ularning o’rin almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo’ladi, tez so’nadi va sekin tiklanadi, ular o’qish , yozish va gapirishni tez o’rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so’zga boy bo’ladilar.
Nimjon yoki sust tip . Bu tipda nerv prosesslari sustligi , kam kuzatuvchanligi va muvozanatlashmaganligi , yani tormozlanish jarayonning yuqoriligi bilan harakatlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobilyati past , nutqi sekin, yaxshi rivojlanmagan, so’z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo’rqadi , charchaydi , o’qish , yozishni sekin o’rganadi , maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi , o’z o’rtog’ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi , o’zlashtirishi past , xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan xaraktertlanadi.
I.P.Pavlovning fikricha oily nerv faoliyatining 4 tipi odamlardagi Gipokrat tomonidan aniqlangan 4 temperament turlariga mos keladi. Gipokrat odamlarda to’rtta temperament: Xolerik.
Sangvinik.
Flegmatik.
Melanxonlik.
Bolalardagi iflos nevroz
Kasallikning ko'rib chiqilayotgan shakli asosiy sabab - ta'limdagi xatolik. Jinsiy nevrozlar maktabgacha yoshdagi bolalarda tez-tez uchraydi, ba'zida esa o'smirlarda kuzatiladi. Psixologiyani buzish ichki mojarolar fonida boshlanadi, agar boshqa talablar yoki talablar darajasi bolaning haqiqiy qobiliyatidan yuqori bo'lsa. Ayniqsa patologiyaga moyil bo'lib, oilada idealizmga ega bo'lgan chaqaloqlar (egocentric education) buziladi
Download 107.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling