I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa. II. Bajarilgan ishlar


Download 12.41 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi12.41 Kb.
#1615017
Bog'liq
Hisobot may


AMALIYOT HISOBOTI
(10.04.2023 y - 06.05.2023 y)

MA’SUL O`QITUVCHI :


2022-2023 y
HISOBOT MAZMUNI :

I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
II. Bajarilgan ishlar
2.1. O`quv ishlari.
2.2. Ma’naviy - marifiy ishlar.
III. Xulosa va takliflar


  1. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.

Maktabning barcha pedagog xodimlari o`quvchilarga ta’lim va tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda. Maktab xonalari qo`shimcha
asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o‘quvchi yoshlar fan olimpiyadalarida nufuzli o‘rinlarni olib kelishgan. 05.09.2022-yil kuni ilk bor maktabga tashrif buyurdik. Pedagogik amaliyot davomida nafaqat o`quv, balki, ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishib, o`rganib chiqdik.
II. Bajarilgan ishlar
2.1. O`quv ishlari:
- Ta’lim muassasasiga kelishim bilan mutaxassislik fani o`qituvchisi. Iloji boricha dars jarayonining 1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Institutda o`qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o`zim uchun kerakli xulosalarni oldim.
- Ustozlarimiz aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.
- Pedagogik amaliyot davrida yordamlari katta bo`ldi. Ish reja tuzish tartibini o`rgatdi (06.05.2023)yilga qadar qaysi mavzular o`tilishi kerakligi, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular o`tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi, III-chorak oxiri o`quvchilarning ta’tilga chiqishlarini inobatga olish kerakligi hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida tasdiqlangan kunlarning kalendar rejasini taqdim etdi). Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi. Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o`rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usiliga e'tibor berish lozimligiga alohida urg`u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo`lishini oldindan bilib olish mumkin ekan.
2.2. Ma’naviy - marifiy ishlar :
Maktabda M.M.I.B.D.O` Ibragimova Zulfiya opa. U inson bizga juda ko`p narsalarni o`rgatdi. “Avvalo har bir muassasada ishlar ekansiz sizning gapirishingiz va muomala ma’daniyatingiz birinchi o’rinda turishi kerak” deydi Zulfiya opa. Shuningdek amaliyot davri davomida maktabda Zulfiya opa bilan bir nechta tadbirlarni tashkillashtirdik. Jumladan: "Zakovot", "Ajiniyoz tavalludi kuni"

va boshqalar. Bundan tashqari a’lochi - faol o’quvchilar va xulqi yomon o’quvchilar bilan qanday ishlashni o’rgandim. Bundan tashari amaliyot boshlangan kundan boshlab Zulfiya opa ko’plab hujjatlarning ishlanishi, ularni qanday yozilishi kerakligini o’rgatdilar.Bilsam ma’naviy-ma’rifiy ishlar bu maktabning tashqi tomondan baholanishi va ko’rinishi va hatto ichki tartib – intizomning asosiy poydevori ham ekan.



  1. Xulosa va takliflar.

Xulosa
Pedagogik amaliyot haqida xulosam shuki, o‘rgangan bilim va
ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunday
tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 4 yil o‘qishning o‘zi kamlik qiladi. Bo`lajak pedagog xodim uchun eng kerakli narsa
o`quv jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng kerakli hislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda psixologiya, nutq madaniyati, metodika, davlat tilida ish yuritish kabi fanlarni mukammal bilishni taqazo etadi.
Mening fikrimcha, Oliy ta’limni bitirib maktab ostonasiga ilk qadam qo`yayotgan o`qituvchi uchun pedagogik amaliyot katta ahamiyatga ega ekan.
Download 12.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling