I. R. Toymuhamedov
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
91.Банк иши
Moliya bozorlari - bu, pul oqimlarini mulk egalaridan qarz oluvchilarga
qarata yo`naltira oladigan bozor institutlarining yiindisidir. Moliya bozorlari ko`p turdagi xilma-xil “kanallardan” iborat bo`lib, ushbu kanallar orkali pul mablalari egalaridan qarz oluvchilarga oqib o`tadi. Ushbu kanallar asosan 2 guruxga bo`linadi, ya’ni: 1) to`ridan-to`ri moliyalashtirish kanallari. Ushbu kanallar bo`yicha pul mablalari bevosita pul egalaridan qarz oluvchilarga oqib o`tadi. Mazkur to`ridan-to`ri moliyalashtirishning o`zini 2 (ikki) kichik guruxga bo`lish mumkin, ya’ni: a)kapitalni moliyalashtirish. Ushbu xar qanday ko`rinishdagi kelishuvdan iborat bo`lib, unga asosan investitsiya qilish niyati bo`lgan pul mablaining egasiga firmaning mulkida ulush ishtirokiga ega bo`lish xuquqi evaziga, uning pul mablaglarini oladi. Bunga yaqqol misol bo`lib, koorporatsiya tomonidan oddiy aktsiyalarni sotilishi hisoblanadi. Oddiy aktsiya - bu, koorporatsiya mulkidagi ulushga egalik tugrisidagi sertifikatdir xamda o`z egasiga koorporatsiya tomonidan olingan foydaning bir qismiga davogarlik qilish xuqiqini beradi; b)qarz (zayom) olish orqali moliyalashtirish (debt finance) - ushbu toifaga xar qanday kelishuv kirib, unga asosan firma investitsiyalarni amalga oshirish maksadida pul mablalarini qarzga, ularni kelishilgan foizlari bilan kelgusida so`ndirish buyicha majburiyatni o`z zimmasiga oladi. Ushbu xolatda kreditor shaxs, aktsiyadagiga o`xshash firma mulkidagi ulush ishtiroki xuquqiga ega bo`lmaydi. Bunga, koorporatsiyalar tomonidan obligatsiyalar sotilishini misol sifatida keltirish mumkin. 2. Moliyalashtirishning kanallari. Egri kanallar orkali moliyalashtirishda oila xo`jaliklaridan firmalarga oqib o`tayotgan pul mablalari maxsus institutlar orqali oqib o`tadi. Bunday institutlarga banklar, o`zaro fondlar, suurta kompaniyalari kiradi. Ushbu turdagi tashkilotlar - moliyaviy vositachilar deb ataladi. Moliyaviy bozordagi pul sarmoyalari birinchi bor karashda stixiyali asosda taqsimlanilayotgandek tuyuladi, ammo ushbu tushuncha yuzakidir. Ushbu bozordagi pul sarmoyalarning taqsimoti va qayta taqsimoti, jamiyatdagi uzgarishlarga o`ta sezgir va ta’sirchan mexanizm bo`lmish talab va taklif mexanizmi orkali amalga oshadi. Albatta, pul sarmoyalari birinchi navbatda serunum, kelajagi porloq va serdaromad tarmoqlarga, bozor mexanizmi orkali moliyaviy vositachilar yordamida, oqib utadi. Agarda, mazkur tarmoqda ishlar yurishmay kolsa, 121 maxsulotni sifati pasayib natijada unga istemolchilar tomonidan talab pasaysa, pul bozori shu zaxoti shu tarmoqqa bo`lgan munosabatini uzgartiradi. Ya’ni, pul sarmoyalari ushbu tarmoqdan boshqa unumlirok va daromadlirok bo`lgan tarmoqqa bozor mexanizmi orkali oqib utadi. Kurinib turibdiki, moliyaviy bozordagi taqsimot va qayta taqsimot jarayonlarini yuqoridan, ma’muriy asosda boshqarishga xech xojat yuk. Bozorning o`zi vaziyatni uzgarishiga qarab xolatni tez va maqsadga muvofik xolda tartibga solib kuyadi. Yuqorida aytib o`tilgan fikrlardan ko`rinib turibdiki, moliya bozori, bozor iktisodieti sharoitida pul sarmoyalarini taqsimoti va kayta taqsimotini amalga oshiruvchi muxim, e’tiborga sazovor bo`lgan buginlaridan biri ekan. Bu erda, xar qanday bozorda bo`lganidek, sotuvchi va sotib oluvchi bor. Lekin, boshqa bozorlardan farqli ularok, moliya bozorida sotuvchi va sotib oluvchi bevosita oldi-sotti munosabatlarida ishtirok etmaydilar. Balki ularning nomlaridan shunday oldi-sotti operatsiyalarini moliyaviy vositachilar amalga oshiradi. Qimmatli qoozlar bozorida moliyaviy vositachilar sifatida maydonga odatda brokerlar va dilerlar chiqadi. Broker, qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi bo`lib, brokerlik faoliyati bilan shuullanadi. Ya’ni, ushbu davlatda qimmatli qoozlar muomalasini tartibga soluvchi qonunlarga muvofiq, ishonch bildirilgan shaxs yoki komissioner sifatida qimmatli qoozlar bilan fuqarolik-xuquqiy shartnomalarini, topshiriq-shartnomasi yoki komissiya xamda ishonch asosida amalga oshirilgan operatsiyalar brokerlik faoliyatiga kiradi. Brokerlar sifatida bozorda jismoniy va yuridik shaxslar xarakat qilishi mumkin. Fond bozoridagi professional brokerlik faoliyati maxsus tartibda olinadigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Diler - bu, qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi bo`lib (yuridik yoki jismoniy shaxs), u dilerlik faoliyatini amalga oshiradi. Ya’ni, “qimmatli qoozlar bozori xaqida”gi qonunga muvofiq, ommaviy ravishda muayyan qimmatli qoozlarni sotish va sotib olish baholarini e’lon qilgan xolda ularni o`z nomidan va o`z mablai hisobiga sotib olish xamda sotish, shu bilan birgalikda dilerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan e’lon qilingan baholar asosida qimmatli qoozlarni sotib olish yoki sotish bilan boliq shartnomalarni amalga oshiruvchi shaxs. Yuqoridagilardan tashqari, qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchilaridan biri sifatida, ularni tashkil etishning aniq yuridik shaklidan qat’iy nazar, qimmatli qoozlarni boshqarish faoliyatining davlat litsenziyasiga ega bo`lgan boshqaruvchi kompaniyalar bo`lishi mumkin. Ushbu faoliyat o`z ichiga quyidagilarni oladi: -egalari tomonidan mazkur boshqaruvchi kompaniyaga berilgan qimmatli qoozlarni boshqarish; -qimmatli qoozlarga foydali joylashtirish uchun mo`ljallangan mijozlar pul mablalarini boshqarish; 122 -kompaniyalar tomonidan qimmatli qoozlar bozoridagi faoliyat borasida olingan qimmatli qoozlar va pul mablalarni boshqarish. Moliyaviy bozorda, moliyaviy tovarlar sotiladi va sotib olinadi. Ularni ishlab chikaruvchi shaxslar esa asosan pul sarmoyalariga muxtoj bo`lgan yoki pul sarmoyalarini sotib olmokchi bo`lgan shaxslardir. Moliyaviy tovar boshqa oddiy tovarlardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, moliyaviy tovarlar tovar sifatida albatta iste’molchini xamda ishlab chikaruvchi shaxsning ma’lum bir extiyojini kondiradi. Masalan, moliyaviy tovarni sotib oluvchi shaxsning vaqtincha bo`sh bo`lgan pul sarmoyalarini muxofazali, samarali va unga zarur bo`lgan muddatga joylashtirish extiyojini. Ikkinchidan, moliyaviy tovarning sotuvchisini esa pul sarmoyalariga bo`lgan vaqtincha extiyojini, o`ziga xos shartlar va muddatlar asosida. Uchinchidan, boshqa tovarlar ularni ishlab chikaruvchi shaxslarga shu zaxoti iktisodiy samara keltirmaydi. Ushbu samara olingunga qadar ma’lum bir vaqt o`tadi. Mazkur vaqtning katta yoki kichikligi texnologik jarayon, taqsimot va muomala jarayonlaridagi vaqtga bevosita boglikdir. Bulardan moliyaviy tovarlar tubdan farq qilib, o`z ishlab chikaruvchilariga samarani shu zaxoti keltiradi. Bozorga moliyaviy tovarlarni chikaraetgan shaxslarni jahon amalietida “emitent” deb atashadi. Moliyaviy tovarlarni sotib olaetgan shaxslarni esa “investor” deb atashadi. Moliyaviy tovarning bozordagi oldi-sotdisida bevosita ishtirok etadigan xamda sotuvchi va sotib oluvchining topshirigini bajaradigan shaxslar esa moliyaviy vositachilardir. Moliyaviy vositachilar, ixtisoslashgan moliyaviy tashkilotlar yoki jismoniy shaxslardir. Jahon amalietida moliyaviy bozorda kuyidagi moliyaviy vositachilar mavjud: Investitsiya firmalari (banklari), Broker firmalari (kontoralari), Investitsiya fondlari, Sugurta kompaniyalari va Pensiya fondlari. Jismoniy shaxslar esa brokerlar yoki dilerlar sifatida mavjuddirlar. 7.2. Banklarni invеstitsion faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirish 57 Õar qanday jamiyatda moliyaviy bozor faoliyati bo`lishligi uchun yana bir muxim shart-sharoit mavjud bo`lishi lozim. Ushbu shart-sharoit, moliya bozori ishtirokchilarini va moliyaviy vositachilarni iktisodiy ma’lumot (axborot) bilan ta’minlanganligini ko`zda tutadi. Bundan tashkari, jamiyatda iqtisodiy axborotlar erkin, ochiq, oydin matbuotda e’lon qilinmogi lozim. Boshqacha qilib aytganda, moliya bozoridagi xar bir ishtirokchi va xar bir moliyaviy vositachi bir xil iktisodiy va axborot muxitiga ega bulmogi kerak. Ushbu bozorda munosabatlarni tartibga solib turuvchi qonun-qoidalar xam barcha ishtirokchilar 57 TDIU va MDH mamlakatlari iqtisodiy mutaxassisliklari bo`yicha bakalavriat bitiruv-malakaviy ishlari, magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissеrtatsiyalarining namunaviy mavzulari. T, 2005 y., 72 123 uchun bir xil bo`lishi lozim. O`zbekiston Respublikasida “Fond birjasi va qimmatli qoozlar” xaqida qonun 1994 yilda qabul qilingan. Shu qonunga asosan O`zbekiston Respublikasida xozirgi kunda qimmatli qoozlar bozori rivojlanib, shakllanib bormoqda. Respublikada qimmatli qoozlarni oldi-sottisiga ixtisoslashgan “Toshkent” fond birjasi faoliyat ko`rsatmokda. O`zbekistondagi yirik emitentlarga Aktsiyadorlik-tijorat banklar, Milliy korporatsiyalar, Aktsiyador-tijorat korxonalari va Moliya Vazirligi kiradi. Shunday qilib qimmatli qog`ozlar bozorida banklar shu bozorning profеssional qatnashchilari invеstitsion instituti sifatida ishtirok etadilar. O`zbеkiston Rеspublikasi banklari Markaziy bank tomonidan bеriladigan umumiy litsеnziya asosida qimmatbaho qog`ozlar bank opеratsiyalarini amalga oshirishlari mumkin. Banklar quyidagi shartlar bajarilgan holda qimmatbaho kog`ozlarga qo`yilmalarni amalga oshirishlari mumkin 58 : a) bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdеk ushbu korxonaning boshqa qimmatbaho kog`ozlariga qo`yilmasining miqdori I- darajali bank rеgulyativ kapitalining 15% oshmasligi kеrak. b) bankning barcha elimеntlar uchtav kapitaliga va boshqa qimmatbaho qog`ozlariga qilgan invеstitsiyalari miqdori I-darajali bank rеgulyativ kapitalning 15%idan oshmasligi kеrak. v) oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatbaho-qog`ozlariga qilingan bank qo`yilmasi miqdori I-darajali bank rеgulyativ kapitalining 25%idan olinishi kеrak. Bank istе'mol korxona (moliyaviy institutlar miqdori) ustav kapitaliga 20%idan ortig`iga to`g`ridan to`g`ri yoki bilvosita egalik qilishi mumkin emas Umaman olganda banklarning foyda opеratsiyalariga quyidagilar kirishi mumkn: 1. qimmatbaho qog`ozlarga asosan krеditlar (lombard). 2. qimmatbaho qog`ozlarni o`z portfеli uchun sotib olish (invеstitsiya). 3. yangi chiqarilgan qimmatbaho kog`ozlarni birlamchi taqsimlash (jamlashtirish); 4. Mijozning topshirig`iga ko`ra qimmatbaho qog`ozlarni sotib olish va saqlash (qimmatbaho kog`ozlar ikkilamchi muomalasiga xizmat ko`rsatish). (Kaznachеy vеksеllarining sotish bahosi). p 160-D M- vеksеlni sotib olish vaqtincha ko`shimcha qolgan kunlar soni. R - Diskont foizi (%) D- 100$ sotib olish mumkin vеksеl. R- vеksеlni sotib olish bauosi. 58 O`zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki mе'yoriy hujjatlari tuplami. T.: O`zbеkiston 2003 y. 124 M: 147 kundan sung muddati tugaydigan kaznachеy vеksеlini (7,75% diskontli) bauosini aniqlang. R- 100-3,16-96,84 doll. qarzdor Sk100 mm, t k3 oy (90 kunga), % -ibning 720% yillik krеdit bulsa. % stavkasi bo`yicha qaytarilgan summasi: 55000000 100 360 220 90 100000000 100 360 Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling