Mаvzu. Innovatsiyаlar tizimi va innovatsion faoliyаtni davlat tomonidan tartibga solish reja: Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari


Download 18.43 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi18.43 Kb.
#1774760
  1   2   3
Bog'liq
Mаvzu1. Innovatsiyаlar tizimi va innovatsion faoliyаtni davlat to


MАVZU. INNOVATSIYАLAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYАTNI
DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
REJA:
1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari.
2. Innovatsiyalarni moliyaviy tartibga solinishini amalga oshirish.
3. O’zbekstonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishining xususiyatlari.
Tayanch iboralar: Tashkiliy tartibga solish, moliyaviy tartibga solish, amortizatsion
fond, innovatsion siyosat, innovatsion faoliyat, innovatsion muhit.

1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari

Innovatsiyaon faoliyat- bu faoliyatlning o’zida yangi bilimlar, yangi tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarishning, xodimlarni tayyorlash va boshqalarni birlashtiruvchi murakkab turidir. SHuning uchun regulyativ (yo’naltiruvchi) innovatsion faoliyat yangi innovatsion faoliyatning har xil turlari, elementlari, tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalarni qo’llab – quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha faoliyat innovatsion faoliyatning muhim turi bo’ladi.
Regulyativ innovatsion faoliyatning yuqori shakli-bu innovatsion siyosatni ishlab chiqish va o’tkazish, innovatsion faolyaitni boshqarishdir. Innovatsion loyihalarni boshqarishni borishida innovatsiyalarni yaratish va tarqatish jarayonlarining tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy me’yoriy-huquqiy tartibga solinishi amalga oshiriladi. Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish innovatsion faoliyatni tartibga solishning har xil turlari organik birlashishi, majmuaviyligi, yagonaligi zarurligini bildiradi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solish har xil darajalarda: umuman davlat darajasida, mintaqaviy darajada, alohida korxona, tashkilot, muassasa darajasida amalga oshiriladi.
Innovatsiyalarni boshqarishga tizimli yondoshish har xil darajalardagi regulyativ innovatsion faoliyatning yagonaligi, barcha boshqaruv qurollari va qarorlarining yaqindan o’zaro aloqasi va muvofiqlashganligini ko’zda tutadi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi innovatsion loyihalarni boshqarishning asosini tashkil qiladi. Davlat innovatsion faolyaitni tartibga solishning barcha turlari- tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, me’yoriy- huquqiyni amalga oshiradi. Bu tartibga solish innovatsion bashoratlar va strategiyalar bazasida amalga oshiriladi.
Mamlakat sotsial-iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo’lgan innovatsion bashoratda innovatsion faoliyatning asosiy parametrlari (uning yo’nalishlari, turlari, ob’ektlar, oqibatlari va h.k.)ni oldindan ko’rish ishlab chiqiladi. Innovatsion bashoratlarda bazisli innovatsiyalar o’zlashtirish va tarqatish, yangi ko’p ilm iste’mol qiluvchi mahsulotlar va texnologiyalardan amalda foydalanishlarning sotsial-iqtisodiy oqibatlar stsenariyasi quriladi. Innovatsion strategiyalarda innovatsion faoliyatning ustuvor yo’nalishlari belgilanadi. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini boshqarish uchun davlat maqsadiy dasturlari (DMD) muhim rolь o’ynaydilar. Bu dasturlar davlat byudjeti mablag’lari va byudjetdan tashqari mablag’larni ham ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarni moliyalashtirish va ham ularning natijalaridan foydalanish bo’yicha innovatsion faoliyatga jamlaydi. DMD fan va texnikani rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari, davlat darajasidagi tanqidiy texnologiyalarning ro’yxati, xalq xo’jaligi yuqori texnologik sohalarni rivojlanishining muhim muammolarini ajratish asosida yuqori sifatli innovatsion loyihalarning qo’llab-quvvatlashini ta’minlaydi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining keyingi darajasi texnologik rivojlanish dasturlari (TRD)da amalga oshiriladi, ular xalq xo’jaligi sohalarini rivojlantirish strategiyalari doirasida amalga oshiriladi. Bu dasturlarda innovatsiyalarning asosiy qismi ularda ishtirok etayotgan korxonalarning shaxsiy mablag’lari va kredit manbalardan ta’minlanadi, davlatning ishtiroki esa asosan ishlarni muvofiqlashtirish va tijorat xatarini oshishi bilan bog’liq yoki qandaydir sabablarga ko’ra korxonalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan bosqiyalarni qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Bu holda davlatning TRDdagi ishtiroki asosan kafolatlar va qaytarma moliyalashtirish shaklida amalga oshiriladi.
Innovatsion loyihalar DMD yoki TRD ga tanlov asosida kiritiladi, unda ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Tanlovda ishtirok etayotgan innovatsion loyihalar albatta davlat ilmiy-texnik va ekologik ekspertizasidan o’tishlari kerak, uning predmeti bularning yangiligi, sotsial-iqtisodiy va ekologik samaradorligidan iboratdir.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi tijoratlashganlikning katta darajasidagi ayrim innovatsion yuqori samarali loyihalarni qo’llab-quvvatlanishi shaklida namoyon bo’lishi mumkin. SHu narsa juda muhimki, davlat qo’llab-quvvatlashi uchun innovatsion loyihalarni tanlashning konkursli tizimi muntazam ravishda takomillashmoqda. E’tibor nisbatan kichik va o’zini o’zi tez qoplaydigan innovatsion loyihalarning salmog’i oshishiga qaratilmoqda, ular loyihaning innovatsion mahsulotiga kafolatlangan bozor talabini mavjudligida byudjetdan va korxonalar shaxsiy mablag’lari hisobidan ustuvor moliyalashtirish sharoitlarida ishlab chiqariladi.
SHunday qilib, innovatsion loyihalarni davlat tomonidan tartibga solinishi davlat va mintaqaviy innovatsion dasturlarga kritilgan innovatsion loyihalarni hamda ayrim innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash shaklida aks ettirilishi mumkin. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun davlatni innovatsion faolyait uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratishi printsipial muhim bo’ladi.
Innovatsion faolyaitni davlat tomonidan tartibga solinishining innovatsiyalarni yaratish, o’zlashtirish va tarqatishga ko’maklashuvchi iqtisodiy omillar bozormunosabatlarini rivojlanishi, tadbirkorlikni faollashishi, vijdonsiz raqobatni yo’nalini kesish, innovatsilar bozorida talabni o’sishiga ko’maklashuvchi soliq siyosati va narxni tashkil qilish siyosatini o’tkazish, barcha sub’ektlar tomonidan innovatsion faoliyatni olib borish uchun foydali soliq sharoitlarini yaratish, ko’p ilm iste’mol qiluvchi loyihalar lizingini rivojlantirish, xalqaro bozorda mamlakat innovatsion mahsulotini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tashkiliy tartibga solinishi davlat va mintaqaviy innovatsion dasturlarga kiritilgan innovatsion dasturlash, hamda alohida ahamiyatga ega innovayion dasturlarni qo’llab-quvvatlashda, balki innovatsion infratuzilmani rivojlantirishga davlat tomonidan yordam berilishi, innovatsione faolyaitni xodimlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, innovatsion faolyaitni amalga oshiruvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko’maklashishda namoyon bo’ladi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyavyi tartibga solinishi innovatsion faoliyatni moliyalashtirish, innovatsion sohaga davlat resurslarini yo’naltirish, ijtimoiy rivojlanish uchun muhim, ammo xususiy sarmoyadorlar uchun o’ziga jalb qilmaydigan innovatsion dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun to’g’ridan to’g’ri davlat investitsiyalarini ajratishni ta’minlovchi byudjet siyosatini o’tkazishga asoslangan.
Davlat innovatsion faoliyatini faollashtirish uchun qonunchilik sharoitlarini yaratadi, uning sub’ektlari o’zaro munosabatlarining huquqiy asoslarini belgilaydi, ularning huquqlari va manfaatlarining himoyasini, xususan aqliy mulk ob’ektlariga huquqlar kabi innovatsion faoliyatni rivojlanishi uchun muhimroq huquqlar himoyasini kafolatlaydi. Qulay innovatsion vaziyatni yaratish, innovatsion faoliyatning ustuvorligini ta’minlash innovatsiyalarni yaratish va tarqatish jarayonini tartibga solishning muhim usuli bo’ladi. Mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi ko’proq bog’liq bo’lgan iqtisoddagi innovatsion vazyait qisman o’tkazilayotgan ITTKIning tuzilishi, hajmi va xarakteri bilan belgilanadi.

Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling