Vertikal chiziqlar chizish. Vertikal chiziqlar gorizont (ufq) chizig‘iga
perpendikular holda o'tkaziladi. Yerga tik turgan narsalar, odatda,
vertikal turgan narsalar deyiladi. Shunga ko‘ra bunday chiziqlar vertikal
chiziqlar deyiladi. Chizmada vertikal chiziqlar chizma qog‘ozining tik
yon tomonlariga parallel yoki gorizontal
chiziqlarga perpendikular
qilib o'tkaziladi.
Vertikal chiziqlar pastdan yuqoriga qarab chiziladi (8-shakl,
a).
0 ‘zaro parallel vertikal chiziqlarni chizishning eng qulay usuli ikkita
uchburchaklik yoki chizg‘ich va uchburchaklikdan foydalanib
chizish-
dir (8-shakl,
b).
h
8-shakl
Qiya chiziqlar chizish. Qiya holatdagi chiziqlar gorizontal va
vertikal chiziqlarga nisbatan ixtiyoriy burchakda joylashadi.
Vertikal
yoki gorizontal chiziqlar o ‘z vaziyatlarini o ‘zgartirsa, qiya chiziqqa
o ‘tib qoladi. Gorizontal va vertikal holatdan
boshqa holatni egallagan
chiziqlar qiya chiziqlar deyiladi.
11
Qiya chiziqlarni chizmadagi holatiga qarab,
yuqoridan pastga
yoki pastdan yuqoriga qarab chiziladi. 0 ‘zaro parallel qiya chiziqlarni
yuqorida bayon qilingan usulda chizish tavsiya etiladi (9-shakl).
9-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: