Elektr qurilmalarini mantaj qilish va ta’mirlashda qator
talablarga rioya qilish kerak:
a) barcha elektr qurilmalari ularning tok
o ’tkazuvchi
qismlariga
tasodifan tegib ketmaslik choralari ko’rilgan holda o ’matilishi lozim. Sim
va kabellar yaxshi himoya qoplamlari bilan qoplangan, barcha tok
o ’tkazuvchi qismlari g ’ilof, qutilar singari himoya to’siqlari bilan
berkitilgan bo’lishi kerak;
b)
elektr jihozlarining tok o ’tishi mo’ljallanmagan metall qismlari
simlar yordamida yerga ulanishi kerak. Yerga ulangan tok o ’tkazishga
mo’ljallanmagan, biroq kuchlanish ostida
bo’lib
qolgan
simlarga
tasodifan tegib ketganda uncha zarar bermaydi. Yerga ulovchi sim
qarshiligi 4 Om dan ortiq bo’lmasligi kerak;
v) elektr qurilmalarida kuchlanish bo’lganda ularni montaj qilish va
ta’mirlash man etiladi. Bu ishlami bajarishdan
oldin
tekshirish
lampochkasi yoki kuchlanish ko’rsatkichi yordamida kuchlanish yo’qligi
aniqlab olinishi lozim.
ELEKTR ASBOBLARINI YERGA ULASH
Elektr asboblarining tok o ’tib turmaydigan yoki normal raviiyda
kuchlanish ta’sirida bo’lmaydigan metall qismlari yerga ulanadi.
Elektr asboblarini yerga ulashdan maqsad shuki, tok o ’tib turgan
asbobning biror qismiga kishining qo’li tegib qolsa ham yerga nisbatan
elektr kuchlanish hosil bo’Imaydi, shuning uchun tokli asbobga tegib
ketish hech qanday xavf tug’dirmaydi. Bunday holda elektr asbobining tok
o ’tib turadigan qismi yerga tutashgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |