Quyidagilar yerga ulanishi kerak:
- elektr
dvigatellari,
transformatorlar,
turli
kattalikdagi ta’lim
muassasalari to ’g’rilagichlari, kuchaytirgichlar va boshqa
elektr
asboblaming metall g ’iloflari;
- elektr asboblarining metall o ’tkazgichlari;
- ta’lim muassasalari taqsimot shchitlari;
- kabellarning metall qoplamalari;
- zaryadsizlantirish va himoya asboblari;
- ta’lim muassasalari fizika kabinetidagi elektr asboblar va h. k.
Kuchlanishi 220-380 V
bo’lgan
elektr
asboblarining
nolinchi
simi tarmoqni elektr energiya bilan ta’minlovchi yo’nalish bo’ylab ko’p
marta yerga ulangan generator yoki transformatorning yerga ulangan
simiga ulanadi. Bunda elektr asboblarining yerga ulanishi kerak bo’lgan
qismlari nolinchi simga ulangan bo’ladi. Liniya simlarining birortasi
uzilib, armaturaning yoki elektr dvigatelining yerga ulangan metall
qismiga tegib qolsa, generator yoki transformatordan shikastlanish
joyigacha bo’lgan zanjirda juda katta tok vujudga keladi. Bu tok qisqa
tutashish tokidan iborat.
Qisqa tutashish toki shu zanjirdagi saqlagichni tezda kuydiradi,
natijada iste’molchida tok bo’lmaydi. Elektr asboblarini yerga ulashda
tabiiy yerga ulashdan, masalan, bino va inshootning yerga yaxshi tegib
turgan metall konstuktsiyalari, yerga ko’milgan suv quvurlari va shu
kabilardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |