I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. Hokim — vakillik va ijro hokimiyati boshlig‘i
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
3-§. Hokim — vakillik va ijro hokimiyati boshlig‘i
Xalq deputatlari Kengashlari davlat organi sifatida sobiq Ittifoq davrida ham bo‘lgan bo‘lsa va O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uni sifat jihatidan takomillashtirib, vakillik xarakterini kengaytirib, hokimiyat tizimida saqlab qolingan bo‘lsa, hokim lavozimi yangi davlat boshqaruv institutidir. Hokim lavozimi joriy qilinishi bilan, birinchidan, tarixiy davlatchiligimiz an’analari tiklandi (o‘zbek davlatchiligida Amir Temur davrida ham hokim lavozimi bo‘lgan), ikkinchidan, ijro hokimiyati kuchaytirildi (hokimlarga keng vakolatlar berilgan), uchinchidan, rahbarlik mas’uliyati kengaytirildi. Konstitutsiyaning 104-moddasida «Hokim o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi» 58 , deb ko‘rsatilib, hokimlar mavqeyi aniqlangan. Hokim faqat ijro hokimiyatini boshqarmaydi, Konstitutsiyaning 99 va 102-moddalarida hokimlar vakillik hokimiyatini ham boshqarishi ko‘rsatilgan. Bu hokim xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini tashkil qilish, ko‘maklashish bilan shug‘ullanishini ko‘rsatadi. Hokimning ko‘pgina qarorlari xalq deputatlari 58 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси//[Электрон манба] // URL: http://lex.uz (мурожат қилинган вақт 26.02.2020). KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ 344 345 qonunlarini, Prezident Farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, ya’ni ijrosini ta’minlaydilar. Respublika va mahalliy ahamiyatga ega masalalarni muhokama qilishda ishtirok etadilar. Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ hujjatlar qabul qiladi. Ular shu hududda bajarilishi majburiydir. Yuqori mahalliy organlarning o‘z vakolat doirasida qabul qilgan qarorlarini quyi organlar ijro etishi shart. 2017-yil 8-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar Konsepsiyasi»da mahalliy davlat hokimiyati organlarininig faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mas’uliyati, javobgarligini kuchaytirish, ijro hokimiyati ustidan vakillik hokimiyatini, jamoatchilik nazoratini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini yaratish, hokimiyat bo‘linishi prinsipini chuqur joriy etish, hokimlarni aholi tomonidan saylash yo‘liga o‘tish, davlat vakolatlarini markazdan joylarga bosqichma-boshqich o‘tkazish masalalari belgilandi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling