I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
58
59
xalqaro huquqiy majburiyatlarni vijdonan bajarish;
xalqaro huquqda ruxsat etilgan boshqa harakatlarni amalga 
oshirish.
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari deganda, xalqaro 
munosabatlar sub’ektlarining xalqaro hayotdagi to‘plangan eng 
muhim masalalarga oid ifodalangan hamda umumlashtirilgan, 
umume’tirof etilgan yurish-turish normalaridir.
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari ilk bor BMT Ustavida 
mustahkamlab qo‘yilgan. Ularning mazmuni 1970-yili Bosh 
Assambleyada qabul qilingan BMT Ustaviga muvofiq, do‘stona 
munosabatlar va hamkorlikka taalluqli muhim hujjat - Xalqaro 
huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiyada, shuningdek, 
1975-yildagi Еvropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining 
yakunlovchi aktida belgilangan.
1970-yilgi Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi 
deklaratsiya quyidagi ettita asosiy prinsipni qamrab olgan: 
1) kuch ishlatmaslik yoki kuch bilаn tаhdid qilmаslik; 2) 
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 3) bоshqа dаvlаtlаrning 
ichki ishlаrigа aralashmaslik; 4) хаlqаrо hamkorlik, 5) 
xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi; 
6) suveren tenglik; 7) xalqaro huquqqa oid majburiyatlarni 
vijdonan bajarish. 1975-yildagi EXHT YAkunlovchi akti bular 
qatoriga yana uchta 1) chegaralarning dахlsizligi; 2) hududiy 
yaxlitlik; 3) inson huquqlarini hurmat qilish prinsiplarini 
qo‘shdi, ular endilikda universal tus olgan. Xalqaro huquq 
prinsiplari to‘g‘risidagi hujjatlarda ta’kidlanganidek, ular 
o‘zaro uzviy bog‘liq, birining mazmun-mohiyati boshqasining 
mazmuni bilan uyg‘unlashib ketaveradi. Shu bois, xalqaro 
huquq prinsiplarining mazmunini boshqalari bilan bog‘lab 
o‘rganish lozim.
Shu o‘rindа хоrijiy mаmlаkаtlаr tаjribаsigа e’tibоr 
qаrаtsаk. Mа’lumki, mаmlаkаt kоnstitutsiyasi kim shаrtnоmа 
tan olgan holda” mazkur Konstitutsiyani qabul qilishi qayd 
etilgan. Konstitutsiyaning 17-moddasi quyidagicha bayon 
qilingan:
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la 
huquqli sub’ektidir.”
Ushbu normalarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasi 
tashqi siyosatining konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlab 
qo‘yilgan.
Xalqaro huquq sub’ekti - o‘zining imkoniyatlari va yuridik 
xususiyatlari evaziga xalqaro huquq bo‘yicha huquq va 
majburiyatlarga ega bo‘lishga, ushbu normalarni yaratish va 
amalga oshirish jarayonida ishtirok etishga qodir mustaqil 
tuzilma. Davlatlar xalqaro huquqning birlamchi sub’ektlaridir. 
Ularning xalqaro-huquqiy layoqati tashkil topganlik fakti bilan 
birga paydo bo‘ladi. Xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari esa, 
bunday maqomga davlatlar tufayligina erishadilar. Davlatlar 
xalqaro huquqning universal sub’ektlari hisoblanadi. Ular 
har qanday xalqaro-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish 
huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarda 
to‘la huquqli sub’ektligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari (chet davlatlar, 
xalqaro tashkilotlar, davlatga o‘xshash tuzilmalar) bilan 
bevosita aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish;
xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish va ularning faoliyatida 
ishtirok etish;
xalqaro konferentsiyalarda faol qatnashish;
chet davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va 
diplomatik vakolatxonalar ochish;
boshqa davlatlar bilan turli sohalarda xalqaro shartnomalar 
tuzish;



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling