I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

5-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy 
maqomi
Qoraqalpog‘iston va o‘zbekiston munosabatlarining 
huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
XVII 
bobida 
mustahkamlangan. 
Konstitutsiyaning 
70-moddasiga ko‘ra: Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi 
tomonidan muhofaza etiladi.
Qoraqalpog‘iston suverenitetining poydevorini yaratish 
borasidagi dastlabki huquqiy asos sifatida 1990-yil 20-iyunda 
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti 
to‘g‘risidagi Deklaratsiya”ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Mazkur Deklaratsiyada Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston 
Respublikasi tarkibidagi suveren respublika ekanligi 
mustahkamlab qo‘yildi. Shuningdek, 1990-yil 14-dekabrda 
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi suvereniteti to‘g‘risidagi 
Deklaratsiyasi”da ham uning suveren respublika sifatidagi 
maqomi o‘z ifodasini topdi. Mazkur Deklaratsiyaning bandida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti uning 


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
198
199
o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida 
tuziladigan shartnoma hamda bitimlar bilan tartibga solinishi 
hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar 
yordamida hal etilishi;
ettinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun 
bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari - Bayrog‘i, Gerbi va 
Madhiyasiga ega ekanligi;
sakkizinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek 
tili bilan bir qatorda qoraqalpoq tilining davlat tili sifatida 
e’tirof etilganligi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasiga 
muvofiq, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga 
ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi 
mumkin emas”.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992-yil 
8-dekabrda mustaqil davlatning Konstitutsiyasini qabul qildi. 
Ana shunday muhim ijtimoiy, siyosiy va buyuk tarixiy voqeadan 
so‘ng Qoraqalpog‘istonda ham tamomila yangi mazmun va 
mohiyatga ega bo‘lgan hamda u o‘zbekiston tarkibida suveran 
respublika sifatidagi maqomini beigilab berishga qaratilgan 
yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi.
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha tuzilgan 
komissiyaning 1993 yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan 
navbatdagi majlisida Asosiy Qonunning loyihasi ko‘rib chiqildi 
va uning qarori bilan loyiha Oliy Kengashning Prezidiumi 
muhokamasiga havola etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Oliy Kengashining Prezidiumi Asosiy Qonun loyihasini ko‘rib 
chiqib, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 
loyihasi to‘g‘risida” Qaror qabul qildi.
Konstitutsiya loyihasi 1993-yil 7-martda respublika 
gazetalarida chop etildi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq 
to‘rtinchidan, tashqi xalqaro munosabatlarning (xususan, 
siyosiy munosabatlar) markaziy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan amalga oshirilishi.
O‘z 
navbatida, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Qoraqalpog‘iston Respublikasini o‘z tarkibiga olgan 
unitar davlat sifatidagi mohiyatini e’tirof etish bilan birga, 
mamlakatimiz davlat tuzilishida federalizmning ba’zi bir 
xususiyatlari ham mavjud ekanligini ta’kidlash joiz. Mazkur 
xususiyatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
birinchidan, boshqa ma’muriy-hududiy birliklardan farqli 
o‘laroq, O‘zbekiston tarkibida Qoraqalpog‘istonning suveren 
respublika sifatidagi maqomini mustahkamlab qo‘yilganligi;
ikkinchidan, 
O‘zbekiston 
qonunchiligi 
tizimida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchilik tizimi, 
xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlarining mavjudligi;
uchinchidan, Qoraqalpog‘istonda oliy davlat vakillik va 
qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Jo‘qorg‘i Kenges, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy ijro etuvchi 
boshqaruvchi organi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi sud hokimiyatining faoliyat ko‘rsatishi;
to‘rtinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi 
va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emasligi 
hamda o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil 
hal etishi;
beshinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib 
chiqish huquqiga ega ekanligi;
oltinchidan, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
bilan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari 
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling