I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
204
205
(qishloq, ovul, posyolka, tuman, shahar, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Soveti) ikki pog‘onali vakillik organlari 
tizimi (tuman-shahar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi)ni o‘rnatdi. SHuningdek, ba’zi shaharlarda (tumanga 
bo‘ysunuvchi shaharlarda) vakillik organlari tuzilishi 
nazarda tutilmadi. Vakillik organlarini tashkil etish va 
ularning faoliyatida fuqarolarining keng ishtiroki, qonuniylik, 
millatlarining tengligi, kollegiallik, oshkoralik ko‘pchilik e’tirof 
etgan umumiy prinsiplarga tayanilgan.
Hokimiyat 
vakolatlarining 
taqsimlash 
prinsipi 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida 
mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu prinstsip mamlakatning 
muayyan tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda 
oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlarining tengligini va 
muvozanatini ta’minlash mumkin bo‘ladi. SHuningdek, ushbu 
tamoyil “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda 
ham o‘z ifodasini topgan.
Hokimiyatning taqsimlanish prinsipi faqat turli hokimiyat 
organlari vakolatlarining aniq bo‘linishigina emas, hatto 
bir turdagi hokimiyat organlarining turli pog‘onalari 
vakolatlarining ham aniq chegaralanishini maqsad qilib 
qo‘yadi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
68-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi - Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Jo‘qorg‘i Kenges 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarini qabul qiluvchi, 
unga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega bo‘lgan yagona davlat 
organidir.
Jo‘qorg‘i Kenges tub mohiyati bilan parlament organidir. U 
vakillik tavsifiga ega. Bu avvalo uning tashkil topishida va bunda 
Qoraqalpog‘iston fuqarolarining bevosita ishtirok etishida 
yaqqol ko‘rinadi. U o‘zida vakillik va bevosita demokratiya 
Ta’kidlash joizki, har qanday huquq sub’ektlarining o‘zaro 
munosabatlarida muayyan masalalar yuzasidan nizolar 
kelib chiqishi mumkin. Bunday holatlarda yuzaga keladigan 
nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida, ya’ni 
nizoli masalaning mohiyatini jiddiy va chuqur o‘rganish 
hamda buning natijasida har ikkala tomonning manfaatini 
e’tiborga olgan holda murosali qarorga kelinadi. O‘zbekiston 
bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vаzirlar Kengashining 
Doimiy Vakolatxonasi faoliyat yuritadi. Ushbu vakolatxona 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat 
qo‘mitalari, idoralari va boshqa tashkilotlari bilan xo‘jalik 
hamda madaniy qurilish masalalari bo‘yicha kundalik 
aloqalarini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling