I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

6-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 
faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari
Ma’lumki, vakillik organlari faoliyatining qonuniyligi 
ularning o‘z vakolatlarini bevosita xalqdan olganligi bilan 
belgilanadi. Bu davlat hokimiyati boshqa tarmoqlarini vakillik 
organlari tomonidan tashkil qilishning qonuniyligi uchun 
zamin yaratadi.
1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Konstitutsiyasi huquqiy davlat tavsifiga mos 
keladigan va hokimiyatning taqsimlanish prinsipi talablariga 
javob beradigan davlat hokimiyati vakillik organlarining yangi 
tizimini belgiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi mahalliy 
hokimiyat organlarining avvalgi uch pog‘onali tizimi o‘rniga 


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
206
207
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi ishining 
tashkiliy shakli uning sessiyasi hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi ishi faoliyatining bu shakliga oid 
masalalar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 
to‘g‘risida”gi Qonunida mustahkamlangan. Shuningdek
Qoraqapog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
72-moddasida Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilishi, jami deputatlaming 
kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina vakolatli 
hisoblanishi haqidagi qoida mavjud. Konstitutsiyada Jo‘qorg‘i 
Kenges yig‘ilishlarida kimlar ishtirok eta olishi (73-modda), 
birinchi yig‘ilishning qachon, kim tomonidan chaqirilishi 
(74-modda), yig‘ilishga kim raislik qilishi (81-modda) 
masalalari belgilab qo‘yilgan.
Jo‘qorg‘i Kengesning faoliyati faqatgina deputatlarning 
umumiy yig‘ilishi, yalpi majlisidan iborat bo‘lmay, u o‘z 
ichiga boshqa bir qator tadbirlarni ham oladi. Jo‘qorg‘i 
Kenges sessiyalari bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. 
Uning saylovdan keyingi birinchi sessiyasini Markaziy saylov 
komissiyasi chaqiradi, qolgan sessiyalar Jo‘qorg‘i Kenges Raisi 
tomonidan chaqiriladi. Sessiyada jami deputatlarining uchdan 
ikki qismi ishtirok yetgan da vakolatli hisoblanadi (7-modda).
Konstitutsiyani qabul qilish, unga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish, qonun va qarorlar qabul qilish faqat 
Jo‘qorg‘i Kenges majlislarda amalga oshiriladi. Jo‘qorgi 
Kengesning navbatdan tashqari sessiyasi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi 
tashabbusi bilan yoki Jo‘qorgi Kenges deputatlarining kamida 
uchdan bir qismi taklifi bilan chaqiriladi (8-modda). Jo‘qorg‘i 
Kengesning ishini tashkil qilish va uning faoliyatiga yordam 
berish uchun turli lavozimlar va organlar tuzish nazarda 
tutilgan. Bu organlami rahbar va yordamchi organlarga bo‘lish 
mumkin.
xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Uning tarkibida ish olib 
boruvchi deputatlar fuqarolarning vakilidir, ular o‘z vakolatini 
saylovchilardan oladi, ular nomidan ish olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida Jo‘qorg‘i 
Kenges orqali xalq hokimiyatchiligi mustahkamlab qo‘yilgan. 
Respublika parlamenti - Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi deb ataladi. Jo‘qorg‘i Kenges respublikadagi 
butun davlat apparatining yagona va doimiy asosi bo‘lib, u 
davlatni boshqa organlarini saylaydi yoki tuzishda ishtirok 
etadi, ular faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi davlat 
hokimiyatining oliy organi sifatida Qoraqalpog‘iston ixtiyoriga 
berilgan barcha masalalarni hal etish huquqiga ega. Jo‘qorg‘i 
Kenges vakolat doirasiga respublika Konstitutsiyasini 
qabul qilish, unga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish; 
qonunlar qabul qilish, unga qo‘shimchalar, o‘zgartishlar 
kiritish; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li 
bilan tartibga solish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning 
davlat strategik dasturlarini qabul qilish; davlat hokimiyati 
organlariga saylovlarni tashkil etish; davlat mukofotlarini 
belgilash va Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
Jo‘qorg‘i Kengesning faoliyati masalalarini jamoa bo‘lib, 
erkin, amaliy muhokama qilish va hal etish, oshkoralik, uning 
tomonidan tuzilgan davlat organlarini hisob berib turishi
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning keng 
ko‘lamda faol qatnashishi, jamoatchilik fikrini hisobga olib 
borish asosida amalga oshiradi.
Jo‘qorg‘i Kengesning huquqiy maqomi respublika 
Konstitutsiyasi, Jo‘qorg‘i Kengesning ish tartibi to‘g‘risidagi 
qonun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 
to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling