I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
6-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari Ma’lumki, vakillik organlari faoliyatining qonuniyligi ularning o‘z vakolatlarini bevosita xalqdan olganligi bilan belgilanadi. Bu davlat hokimiyati boshqa tarmoqlarini vakillik organlari tomonidan tashkil qilishning qonuniyligi uchun zamin yaratadi. 1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi huquqiy davlat tavsifiga mos keladigan va hokimiyatning taqsimlanish prinsipi talablariga javob beradigan davlat hokimiyati vakillik organlarining yangi tizimini belgiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi mahalliy hokimiyat organlarining avvalgi uch pog‘onali tizimi o‘rniga KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ 206 207 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi ishining tashkiliy shakli uning sessiyasi hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi ishi faoliyatining bu shakliga oid masalalar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi to‘g‘risida”gi Qonunida mustahkamlangan. Shuningdek, Qoraqapog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 72-moddasida Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilishi, jami deputatlaming kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina vakolatli hisoblanishi haqidagi qoida mavjud. Konstitutsiyada Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilishlarida kimlar ishtirok eta olishi (73-modda), birinchi yig‘ilishning qachon, kim tomonidan chaqirilishi (74-modda), yig‘ilishga kim raislik qilishi (81-modda) masalalari belgilab qo‘yilgan. Jo‘qorg‘i Kengesning faoliyati faqatgina deputatlarning umumiy yig‘ilishi, yalpi majlisidan iborat bo‘lmay, u o‘z ichiga boshqa bir qator tadbirlarni ham oladi. Jo‘qorg‘i Kenges sessiyalari bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Uning saylovdan keyingi birinchi sessiyasini Markaziy saylov komissiyasi chaqiradi, qolgan sessiyalar Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan chaqiriladi. Sessiyada jami deputatlarining uchdan ikki qismi ishtirok yetgan da vakolatli hisoblanadi (7-modda). Konstitutsiyani qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, qonun va qarorlar qabul qilish faqat Jo‘qorg‘i Kenges majlislarda amalga oshiriladi. Jo‘qorgi Kengesning navbatdan tashqari sessiyasi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tashabbusi bilan yoki Jo‘qorgi Kenges deputatlarining kamida uchdan bir qismi taklifi bilan chaqiriladi (8-modda). Jo‘qorg‘i Kengesning ishini tashkil qilish va uning faoliyatiga yordam berish uchun turli lavozimlar va organlar tuzish nazarda tutilgan. Bu organlami rahbar va yordamchi organlarga bo‘lish mumkin. xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Uning tarkibida ish olib boruvchi deputatlar fuqarolarning vakilidir, ular o‘z vakolatini saylovchilardan oladi, ular nomidan ish olib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida Jo‘qorg‘i Kenges orqali xalq hokimiyatchiligi mustahkamlab qo‘yilgan. Respublika parlamenti - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deb ataladi. Jo‘qorg‘i Kenges respublikadagi butun davlat apparatining yagona va doimiy asosi bo‘lib, u davlatni boshqa organlarini saylaydi yoki tuzishda ishtirok etadi, ular faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi davlat hokimiyatining oliy organi sifatida Qoraqalpog‘iston ixtiyoriga berilgan barcha masalalarni hal etish huquqiga ega. Jo‘qorg‘i Kenges vakolat doirasiga respublika Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish; qonunlar qabul qilish, unga qo‘shimchalar, o‘zgartishlar kiritish; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat strategik dasturlarini qabul qilish; davlat hokimiyati organlariga saylovlarni tashkil etish; davlat mukofotlarini belgilash va Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi. Jo‘qorg‘i Kengesning faoliyati masalalarini jamoa bo‘lib, erkin, amaliy muhokama qilish va hal etish, oshkoralik, uning tomonidan tuzilgan davlat organlarini hisob berib turishi, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning keng ko‘lamda faol qatnashishi, jamoatchilik fikrini hisobga olib borish asosida amalga oshiradi. Jo‘qorg‘i Kengesning huquqiy maqomi respublika Konstitutsiyasi, Jo‘qorg‘i Kengesning ish tartibi to‘g‘risidagi qonun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling