I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
208
209
Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilishida qo‘mita va komissiya raislari 
Jo‘qorgi Kenges Raisi taqdimiga asosan saylangach, ularning 
tavsiyasi bilan a’zolari saylanadi. Har bir qo‘mita va komissiya 
raisi o‘rinbosarlari va kotiblari Jo‘qorg‘i Kenges Raisi 
tomonidan tayinlanadi. Ko‘mita va komissiyalarining faoliyati 
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan muvofiqlashtirilib turiladi.
Qo‘mita va komissiyalar o‘z faoliyatini majlislar orqali 
olib boradi va ko‘rilgan masalalar yuzasidan tavsiyalar qabul 
qiladi.
Jo‘qorg‘i Kengesning deputati faqat bir qo‘mitaning yoki 
komissiyaning a’zosi bo‘lib saylanishi mumkin. Ularning 
tarkibiga Jo‘qorg‘i Kengesning Raisi va uning o‘rinbosari 
saylanishi mumkin emas. Qo‘mita va komissiyaning barcha 
a’zolari teng vakolatlardan foydalanadilar. Qoraqalpogiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga asosan, 
Jo‘qorg‘i Kenges zarur bo‘lgan taqdirda doimiy hamda 
muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish va boshqa komissiyalarni 
tuzadi. Bu komissiyalar tegishli vazifasini bajarib bo‘lgach, 
o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Jo‘qorg‘i Kenges o‘z ish faoliyatini 
mustaqil belgilaydi. Ichki tarkibiy qismini, ya’ni faoliyatiga 
yordam beruvchi organlarni mustaqil tashkil etadi.
Jo‘qorg‘i Kenges mustaqil vakolatlari asosida quyidagilarni 
hal qiladi:
ish tartibi (reglamenti)ni qabul qilish;
sessiyalarga to‘planish;
Jo‘qorg‘i Kengesga saylovning to‘g‘ri o‘tkazilganligini 
tekshirish va o‘z organlarini tuzish.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
10-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston xalqi nomidan faqat u 
saylagan Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi ish olib borishi mumkin. 
Jo‘qorg‘i Kengesning Konstitutsiyada belgilangan vakolatlari 
mazmuni, tavsifi, maqsadi, nimaga qaratilganligiga ko‘ra bir 
necha guruhlarga bo‘lish mumkin, bular: 
Rahbar organlarga Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, uning o‘rinbosari 
kirsa, Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitalari va komissiyalari, Jo‘qorg‘i 
Kenges kotibiyati yordamchi organlar hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 
Jo‘qorg‘i Kenges ishiga rahbarlik qilish uchun Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlarining orasidan 
5 yil muddatga, yashirin ovoz berish yo‘li bilan Jo‘qorg‘i 
Kenges Raisi va uning o‘rinbosari saylanadi. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Qoraqalpogiston 
Respublikasining eng yuqori lavozimli mansabdor shaxsidir.
Jo‘qorgi Kenges Raisi va uning o‘rinbosari faqat Jo‘qorg‘i 
Kenges oldida hisobot beradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mitalari va komissiyalari qonun 
loyihalarini tayyorlash, Jo‘qorgi Kengesda ko‘riladigan 
masalalarini dastlab muhokama qilish, shuningdek, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i 
Kengesning boshqa hujjatlarini amalga oshirishga yordam 
berish, ularning ijrosini nazorat qilib turish uchun deputatlar 
tarkibidan tuziladi. Ushbu masala Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida aks ettirilgan. 
Qo‘mita va komissiyalarning faoliyati haqida 1998-yilda 
alohida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 
qo‘mitalari va komissiyalari to‘g‘risida” (yangi tahrirda) 
Qonun qabul qilingan.
Qo‘mita va komissiyalar Jo‘qorg‘i Kengesning vakolat 
muddatiga tuziladi. Jo‘qorg‘i Kenges deputati qoida bo‘yicha 
faqat bitta qo‘mita yoki komissiyaga a’zo bo‘ladi. Qo‘mita va 
komissiyalarning ro‘yxati va a’zolarining soni Qoraqalpogiston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi. Zarur 
hollarda Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitalar va komissiyalar tuzishi
ilgari tuzilganlarini tugatishi yoki qayta tashkil qilishi mumkin.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling