I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
204 205 (qishloq, ovul, posyolka, tuman, shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Soveti) ikki pog‘onali vakillik organlari tizimi (tuman-shahar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi)ni o‘rnatdi. SHuningdek, ba’zi shaharlarda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda) vakillik organlari tuzilishi nazarda tutilmadi. Vakillik organlarini tashkil etish va ularning faoliyatida fuqarolarining keng ishtiroki, qonuniylik, millatlarining tengligi, kollegiallik, oshkoralik ko‘pchilik e’tirof etgan umumiy prinsiplarga tayanilgan. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlash prinsipi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu prinstsip mamlakatning muayyan tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlarining tengligini va muvozanatini ta’minlash mumkin bo‘ladi. SHuningdek, ushbu tamoyil “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda ham o‘z ifodasini topgan. Hokimiyatning taqsimlanish prinsipi faqat turli hokimiyat organlari vakolatlarining aniq bo‘linishigina emas, hatto bir turdagi hokimiyat organlarining turli pog‘onalari vakolatlarining ham aniq chegaralanishini maqsad qilib qo‘yadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi - Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Jo‘qorg‘i Kenges Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarini qabul qiluvchi, unga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega bo‘lgan yagona davlat organidir. Jo‘qorg‘i Kenges tub mohiyati bilan parlament organidir. U vakillik tavsifiga ega. Bu avvalo uning tashkil topishida va bunda Qoraqalpog‘iston fuqarolarining bevosita ishtirok etishida yaqqol ko‘rinadi. U o‘zida vakillik va bevosita demokratiya Ta’kidlash joizki, har qanday huquq sub’ektlarining o‘zaro munosabatlarida muayyan masalalar yuzasidan nizolar kelib chiqishi mumkin. Bunday holatlarda yuzaga keladigan nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida, ya’ni nizoli masalaning mohiyatini jiddiy va chuqur o‘rganish hamda buning natijasida har ikkala tomonning manfaatini e’tiborga olgan holda murosali qarorga kelinadi. O‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vаzirlar Kengashining Doimiy Vakolatxonasi faoliyat yuritadi. Ushbu vakolatxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari va boshqa tashkilotlari bilan xo‘jalik hamda madaniy qurilish masalalari bo‘yicha kundalik aloqalarini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling