I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
210
211
nazorat qilib turish uchun qo‘mita va komissiyalar tuzadi. 
Ular esa Jo‘qorg‘i Kenges oldida hisobot beradilar. Shu orqali 
Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat vazifasi amalga oshiriladi. 
Jo‘korg‘i Kenges shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjetining bajarilishini nazorat qiladi. Jo‘qorg‘i Kengesning 
nazorat faoliyati deputat so‘rovi orqali ham amalga oshiriladi. 
Deputat so‘rovi davlat organlari idoralari, jamoat tashkilotlari 
va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish 
vositasidir.
7-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining konstitutsiyaviy maqomi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
respublikaning 
ijro 
hokimiyati 
organlari 
tizimini 
mustahkamlagan. Unga asosan ijro hokimiyati organlarining 
bir necha turi mavjud bo‘lib, ular shartli ravishda alohida 
guruhlarga bo‘lingan:
birinchidan, ijro hokimiyatining oliy (markaziy) va mahalliy 
(quyi) organlari. Respublika miqyosida ijro hokimiyatini 
amalga oshiruvchi oliy organ Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashidir. Mahalliy ijro hokimiyati organlari, 
tuman, shaharlar hokimliklari hisoblanadi;
ikkinchidan, umumiy vakolatli ijro organlariga Vazirlar 
Kengashi, hokimlar kiradi. Maxsus vakolatli organlar 
vazirliklar, qo‘mitalar, mahalliy ijro hokimiyati bo‘lim va 
boshqarmalaridir;
uchinchidan, kollegiallik asosida va yakkaboshchilik 
asosida ish YUrituvchi organlar. Birinchisiga Qorakalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, ikkinchisiga esa hokimlar, 
vazirliklar, qo‘mitalar, mahalliy ijro hokimiyati bo‘lim va 
boshqarmalari rahbarlari kiradi;
qonunchilik sohasidagi vakolatlar;
Jo‘qorg‘i Kengesni va o‘z organlarini tuzish sohasidagi 
vakolatlar;
ma’muriy-hududiy tuzilishni belgilash va boshqa davlat 
organlarini tuzish (tashkil qilish) sohasidagi vakolatlar;
Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat vazifasi;
fuqarolar manfaati bilan bog‘liq vakolatlar.
Jo‘qorg‘i Kengesning asosiy faoliyati qonun chiqarishdir. 
Jo‘qorg‘i Kengesning qonunchilik sohasidagi faoliyati deganda, 
uning konstitutsiyaviy qonunchilik va oddiy qonunchilik 
faoliyatini farqlash kerak. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy 
qonunlar qabul qilish va ularga o‘zgartirshlar kiritish uchun 
alohida, oddiy qonun qabul qilish va unga o‘zgartirish 
kiritishga alohida tartib belgilangan.
Jo‘qorg‘i Kengesga qonunchilik tashabbusi huquqiga, 
Konstitutsiyaning 75-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Jo‘qorg‘i 
Kengesining 
deputatlari, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat 
qo‘mitasi, Fuqarolik, jinоyat, mа’muriy vа iqtisоdiy ishlari 
bo‘yicha sudlаri, Respublika Prokurori egadir.
Jo‘qorg‘i Kengesda qarab chiqilishi lozim bo‘lgan qonun 
loyihalari yoki qonun chiqarish haqidagi takliflar Jo‘qorg‘i 
Kenges Raisiga taqdim etiladi va u Jo‘qorg‘i Kenges kotibiyatida 
ro‘yxatga olinadi. Qonunlar yig‘ilishlarda bir necha o‘qish yo‘li 
bilan qabul qilinadi. Qonun loyihalari Jo‘qorg‘i Kenges qarori 
bilan umumxalq ovozi (referendum)ga ham qo‘yilib, qabul 
qilinishi mumkin.
Jo‘qorg‘i Kengesniig nazorat faoliyati. Amaldagi 
Konstitutsiyada Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat qilish faoliyati 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilanmasada, uning ayrim vakolatlari 
nazorat qilish funksiyasini keltirib chiqaradi. Xususan, 
Jo‘qorg‘i Kenges qonunlar va boshqa hujjatlarning ijrosini 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling