I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
226 227 g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturlariga muvofiq Saylov Kodeksi ishlаb chiqilib, qаbul qilinishi bеlgilаngаndi. O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi bo‘yicha 5 ta qonunlar mavjud bo‘lib, bu huquqni qo‘llashda bir qator murakkabliklar tug‘diradi. Bundan tashqari, saylov jarayoni va uni o‘tkazish tartib-tamoyillari va qoidalarining ko‘pchiligi qonun darajasida emas, balki Markaziy saylov komissiyasining nizom va yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi. Saylov qonunchiligining ayrim normalari hozirgi zamon talablariga va saylovlarni demokratik tarzda o‘tkazish bo‘yicha xalqaro amaliyotga to‘la mos kelmaydi. Xususan, Ekoharakat vakillarining parlament quyi palatasiga kvota asosida kiritilishiuning faol va tashabbuskor bo‘lib ishlashini muayyan darajada susaytiradi, qonun saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirishni nazarda tutmaydi, shuningdek, alohida hollarda saylov byulletenining o‘rniga saylov varaqalaridan foydalanilish amaliyoti yashirin ovoz berish tamoyiliga mos kelmaydi, ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlab turilgan shaxslarning saylovda ishtirok etishiga oid cheklovlar mavjudligi va boshqa shu kabi holatlar mavjud shu va boshqa bir qator yangiliklarni o‘zida qamrab olgan yangi O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Saylov Kodeksi 2019 yil 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2019 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullanib, 2019 yil 26 iyundа qаbul qilindi. Saylov huquqi orqali amalga oshiriladi. Saylov huquqi esa konstitutsiyaviy huquqning muhim institutidir. Saylov huquqining jamiyat, fuqaro hayotidagi muhim ahamiyati uni natijada demokratiyaning o‘zi ham takomillashmoqda. Demokratiyaning takomillashuvini esa saylovlarning takomillashuvisiz, demokratlashuvisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylanganidan boshlab davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar yanada jadallik bilan amalga oshirilib kelinayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, bu islohotlar uning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma to‘rt yiliigiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida aytilganidek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”ligi tamoyilidan kelib chiqqan holda olib borilayotganligi muhim ahamiyatga egadir. Shu munosabat bilan ham mamlakatimizda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilindi. 2017-yil 22-dekabrda Mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnoma yo‘lladi. Unda xalqaro norma va standartlarga javob beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozim deb ta’kidladi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan PF-5308-son Farmoni bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid hamda 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling