I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


partiyalar kurashadi. SHuning uchun partiya ro‘yxatlarida


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar


partiyalar kurashadi. SHuning uchun partiya ro‘yxatlarida 
taniqli kishilar bo‘lishiga harakat qilishadi. Ko‘p hollarda 
partiyalar ovozga qo‘yiladigan saylov ro‘yxatini tuzishda 
unga kiritilayotganlarning parlament ishi uchun mutaxassis 
bo‘lishi, qonunlar qabul qilishdagi bilimi, o‘quvi emas, qanday 
bo‘lmasin, turli faoliyat orqali aholiga taniqli shaxslarning 
bo‘lishiga harakat qilinadi.
Agar ayrim mamlakatlarning parlamentlari tarkibini 
ko‘rsak, jumladan, Rossiyaning parlamentida mutlaqo 
siyosatdan uzoq, yurisprudentsiyaga aloqasi yo‘q sportchilar, 
artistlar saylanganligini ko‘ramiz. Ular aholi o‘rtasida o‘z 
yutuqlari natijasida (boshqaruv yoki siyosatda emas) tanilgan 
va hurmatga sazovor bo‘lgan.
Proportsional 
tizim 
natijasida 
tashkil 
qilingan 
parlamentlarda ko‘pincha kam sonli deputat bilan kichik 
partiyalar o‘rniga ega bo‘lishi va bu parlamentda kichik-


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
224
225
2-§. Saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari.
Saylov insoniyat o‘ylab topgan, hokimiyat vakolatini 
vujudga keltiruvchi eng qadimiy usullardan hisoblanib, 
u demokratiyaning yorqin ifodasi, fuqarolarning jamiyat 
va davlat ishlarida ishtirokining muhim shakli, davlat 
boshlig‘i, vakillik organlarini (qonunchilik organini) vujudga 
keltirishning asosiy vositasidir.
Vujudga kelib, qo‘llanila boshlagandan hozirgacha saylovlar 
takomillashib keldi va hamma joyda bir nechta ijtimoiy 
funksiyalarni bajarib kelmoqda.
Birinchidan, saylovlar mavjud hokimiyatning legitimligini 
ta’minlaydi, bu aholi saylov natijasidagina vujudga kelgan 
hokimiyat tuzilmalarinigina tan olib, ularning ko‘rsatmalarini 
ixtiyoriy bajarishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, jamiyatdagi turli siyosiy kuchlar nisbatini 
aniqlash imkonini beradi, bu qaysi siyosiy kuch nimaga 
qodirligini, aholi nimani ma’qul ko‘rishini, kimga ishonishini 
bildiradi.
Uchinchidan, siyosiy hokimiyatni, siyosiy boshchilarni, 
siyosatchilarni tinch yo‘l bilan almashishini ta’minlaydi, bu 
- hokimiyatga yangi kuchlar kelishi, ishonchni oqlamagan 
shaxslar, vakillik organlarining a’zolari siyosat maydonidan 
chiqishi, ularning o‘rniga yangilari kelishi demakdir.
To‘rtinchidan, xalq suverenitetini, demokratik siyosiy 
rejimni ta’minlab, siyosiy elitani aholi nazoratida bo‘lishini 
ta’minlaydi. Bu degani har bir yangi saylov davrida avval 
saylangan saylovchilar oldida hisobot berishini ta’minlashni 
bildiradi.
O‘zbekiston o‘z taraqqiyotini insonparvar demokratik 
huquqiy davlat qurishda ko‘rmoqda. Shu maqsadda 
barcha jabhalarda demokratik islhotlar o‘tkazilmoqda, 
(liderlar) mojaritar tizim orqali parlamentga deputat bo‘lib 
saylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xorijiy mamlakatlarning saylov o‘tkazish tajribalarida yana 
boshqa saylov tizimlari, ovoz berish, natijalarni aniqlashning 
boshqacha usullari ham mavjud.
Хоrijiy mаmlаkаtlаrdа jumlаdаn, Buyuk Britаniyadа sаylоv 
jаrаyonidа qаtnаshish uchun shахs sаylоvchilаr ro‘yхаtidа ro‘y-
хаtdаn o‘tikаzilishi lоzim. Bu jаrаyon Аngliya, Uels vа Lоndоn 
shаhri kеngаshlаri tоmоnidаn tаyinlаngаn mахsus mulоzimlаr 
tоminidаn аmаlgа оshirilаdi. Hаr bir mulоzim eshikmа-eshik 
yurib sаylоv huquqigа egа shахslаrni аniqlаb chiqishi lоzim. 
Hаr yilgi ro‘yхаtgа оlish so‘rоvnоmаsi 15 оktyabrgа qаdаr 
o‘tlаzilishi vа hаr yilning 1 dеkаbrigа qаdаr e’lоn qilinishi 
lоzim. Lеkin ikki yilning o‘rtаsidа hаm fuqаrоlаr ro‘yхаtgа 
оlinishi mumkin. 2000-yildа tuzаtilgаn Аktdа, ro‘yхаtgа оlish 
prinsiplаri, ro‘yхаtgа оlish vа sаylоv jаrаyonidа to‘siqlаrni 
еchishgа аlоhidа e’tibоr аrаtildi. Ro‘yхаtlаr sаylоvchilаrning 
istаk-хоhishlаri аsоsidа tuzilishi vа rаhbаriyat ro‘yхаtgа 
оlish jаrаyonini qo‘llаb-quvvаtlаshgа mаs’ul dеb bеlgilаndi. 
Yangi tuzаtishlаrgа ko‘rа sаylоvchi istаlgаn pаytdа ro‘yхаtdаn 
o‘tishi mumkin qilib bеlgilаb qo‘yildi. Mаsаlаn, qаysidir 
fuqаrо yashаsh jоyini o‘zgаrtirgаn zаhоtiyoq, yillik ro‘yхаtgа 
оlish jаrаyonini kutmаsdаn o‘zi ko‘chib o‘tgаn оkrugdа ro‘y-
хаtdаn o‘tishi mumkin. Lеkin sаylоv jаrаyonidа firibgаrlikni 
оldini оlish vа sаylоvlаr mukаmmаlligini tа’minlаsh uchun bu 
jаrаyon nоmzоdlаrni ro‘yхаtgа оlish tugаtilish vаqtigа qаdаr 
аmаlgа оshirish lоzim dеb bеlgilаngаn
36
.
36 Constitutional and administrative law / A. W. Bradley and K. D Ewing. 13th ed. 
Harlow, England ; New York: Longman, c2003. – Рg. 149-150



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling