I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
240
241
unda mag‘lubiyatga uchragan kuchlar mag‘lubiyatni tan 
olishga majbur bo‘ladi Aks holda, jamiyatda qarshiliklar 
kuchayib ketib, turli inqirozlar vujudga keladi. Haqiqiy 
saylovlar jamiyatni bir siyosiy kuchdan ikkinchisiga talafotsiz, 
buzg‘unchiliksiz, qonuniy topshirishga asos bo‘ladi. Chinakam 
saylovlar saylovchilarga haqiqiy saylovni ta’minlab, jamiyatda 
plyuralizmni keltirib chiqaradi va o‘zi ham unga tayanadi. 
Saylovlarning oshkora o‘tishi saylovlarni haqiqiy bo‘lishida 
muhim rol o‘ynaydi.
Adabiyotlar bilan tanishib, saylov tajribalarini o‘rganib, 
ilmiy izlanishlar orqali saylovlardagi xalqaro standartlar 
qatoriga saylovlarning davriyligi (aniq muddatlarda o‘tishi)ni 
ham qo‘shsa bo‘ladi. Chunki saylovlarning aniq muddatlarda 
o‘tishi uning muddatlarini hukmron kuchlar, hokimiyat 
tuzilmalari xohlagancha o‘zgartira olmasligi, saylovlarga 
qo‘yiladigan xalqaro talablardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi ana shu xalqaro hujjat normalari 
ko‘rsatmasiga mos ravishda saylovlar o‘tkazishning aniq 
muddatini Konstitutsiyaning 117-moddasida mustahkamlab 
qo‘ygan.
O‘zbekiston 
Konstitutsiyasining 
muqaddimasida 
konstitutsiya qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadlar 
qatorida umume’tirof etilgan xalqaro qoidalarning ustunligini 
tan olish ta’kidlangan.
5-§. O‘zbekiston Respublikasida referendum 
va uni o‘tkazish tartibi.
Referendum insoniyat o‘ylab topgan saylov singari 
demokratiyaning yaqqol ifodasi, uni amalga oshirishning 
vositasidir. U baynalmilal atama bo‘lib, umumxalq ovozi 
ma’nosida ishlatiladi. Referendumning jamiyat hayotidagi 
muhim o‘rni, uni Konstitutsiyamizda alohida moddada 
belgilanganida ham ko‘rish mumkin. Konstitutsiyaning 
tarqatish erkinligidan) foydalanadi. Saylovlarda erkinlik 
faqat ovoz berishda emas, saylovning barcha tadbirlarida 
(tashviqot ishlari olib borishda, o‘z nomzodini ko‘rsatishga 
rozilik berishda, kuzatuvchilar, vakillar, saylov komissiyalari 
tarkibida ishtirok etishga roziligi) amal qilgandagina haqiqiy 
erkinlik hisoblanadi.
O‘zbekistonda saylov tadbirlarida, ovoz berishda ishtirok 
etmaslik uchun ta’qib qilinmaydi, aksincha, fuqarolarning 
saylov erkinligi boshqa erkinliklari kabi sud tomonidan 
himoya qilinadi. Saylov erkinligining buzilishlari uchun 
tegishli jazolar belgilangan.
Saylovlarning xalqaro standarlaridan yana biri - 
saylovlarning adolatlilik xarakteriga ega bo‘lishidir. 
Saylovlarda adolatning namoyon bo‘lishi, avvalo, O‘zbekiston 
saylov huquqining demokrativligidan kelib chiqadi. Adolatlilik 
saylovlarning umumiy, teng, yashirin ovoz berish orqali 
o‘ishida ta’minlasa, o‘z navbatida, adolatlilik shu prinsiplarning 
to‘la namoyon bo‘ishiga, ro‘yobga chiqishiga, foydali bo‘lishiga 
ijobiy ta’sir qiluvchi holatdir. Aktiv saylov huquqi voyaga 
yetgan fuqarolarning (qonundagi istisnodan tashqari) 
ortiqcha cheklashlarsiz saylov huquqiga ega bo‘lishi adolat 
natijasidir. Saylovchilarni, shuningdek, saylov ishtirokchilarini 
barcha masalalarda tengligi, hech kim imtiyozga ega emasligi, 
saylov huquqlarining samarali himoya qilish mexanizmi 
mavjudligi adolatlilikning amaliy ifodasidir. Saylov tadbirlari 
turli kuzatuvchilar ishtirokida oshkora o‘tishi ham adolatni 
ro‘yobga chiqaruvchi omillardandir.
Saylovlarning chinakamligi xalqaro standartlardan 
bo‘lib, uning natijasida saylovlardagi barcha tadbirlar, 
saylovchilarning 
huquqlari 
qonunlarda 
belgilangan 
asosda bo‘lishi nazarda tutiladi. Chinakam saylovlardagina 
fuqarolar saylovchining boshqa huquqlarini amalga oshirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Saylovlar chinakam bo‘lgandagina 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling