I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
246
247
«Parlament» so‘zining lug‘aviy ma’nosi Fransuz 
tilidan olingan bo‘lib, «gapirmoq» ma’nosini anglatadi. 
Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tdi va 
uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi.
Hozirgi zamon parlamentlari o‘zlarining tuzilishi, 
vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, o‘z mamlakatlari 
siyosiy tizimida tutgan o‘rni, saylanish tartibi mavqei bilan 
bir-birlaridan ajralib turadilar. Ularning nomlanishi ham turli 
nomlar bilan yuritiladi. Masalan: AQShda Kongress, Xitoy 
Xalq Respublikasidagi Umumxitoy Xalq vakillari majlisida, 
Rossiyada Federal Majlis, Misrda Xalq Assambleyasi, Isroilda 
Knesset, Islandiyada Altningni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Jahon parlamentlarining ko‘pchiligi bir palatali tuzilishga 
ega. Dunyoda 60 dan oshiqroq davlatda esa, ikki palatali oliy 
vakillik organlari mavjud. Odatda, ikki palatali parlamentning 
palatalaridan biri ko‘pincha «quyi palata» deb yuritilib, u 
xalqning yagona irodasini ifodalaydi. (AQShda - Vakillar 
palatasi, Fransiyada - Millat Majlisi), boshqasi esa «Yuqori 
palata» deb atalib, u davlatning tarkibiy qism (hudud)
larining manfaatlarini ifodalaydi. Parlamentlarning bunday 
tuzilishi muqim demokratik an’analar hamda federativ davlat 
tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarga xosdir Masalan, shu kabi 
parlamentlar AQSh, GFR, Braziliya, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
Yaponiya va boshqalarda faoliyat yuritmoqdalar.
O‘zbekiston Respulikasi o‘zining mustaqilligiga erishish 
davrida davlat hokimiyati vakillik organi faoliyatiga alohida 
e’tibor qaratdi. Ya’ni, vakillik organi sifatida Oliy Kengash 
o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshira boshladi. O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy Kengashi O‘zbekistonda qonun 
chiqaruvchi oliy vakillik organi sifatida davlat mustaqilligini 
e’lon qilish va mustahkamlash jarayonida alohida o‘rin tutdi. 
Parlament sohasida amalga oshirilgan dastlabki islohotlar 
1990-yil fevral-mart oylarida Oliy Kengashga o‘tkazilgan 
аhаmiyatini yoritib bеring.
Sаylоvоldi tаshviqоtidа qo‘llаnishi tаqiqlаngаn usul vа 
vоsitаlаrni qоnun hujjаtlаrigа аsоslаngаn hоldа оchib bеring.
Qоnun hujjаtlаrigа аsоslаngаn hоldа sаylоv jаrаyonidа 
ishоnchli vаkil vа vаkоlаtli vаkilning mаqоmi hаmdа 
vаzifаlаrini shаrhlаng.
Sаylоv 
tizimining 
kоnstitutsiyaviy 
аsоslаri 
Kоnstitutsiyaning qаysi mоddаlаrdа ifоdаlаngаn? Ushbu 
mоddаlаrning аmаliyotdа qo‘llаnish tаrtibigа to‘хtаlib o‘ting.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling