I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-MАVZU: O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSINING


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

6-MАVZU: O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSINING
 ОLIY MАJLISI
RЕJА:
1-§. O‘zbekistonda parlament institutining shakllanishi 
va rivojlanishi
2-§. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat 
hokimiyati tizimidagi tutgan o‘rni hamda konstitutsiyaviy 
vakolatlari.
3-§.Oliy Majlis palatalari faoliyatining tashkiliy 
shakllari.
4-§. O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik jarayoni
5-§. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi deputati va Senat a’zosining huquqiy maqomi.
1-§. O‘zbekistonda parlament institutining 
shakllanishi va rivojlanishi
Insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli hisoblangan 
hamda jamiyatning umummilliy vakillik organi sifatida 
dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega 
va uning ildizlari XII-XIII asrlardagi ingliz parlamenti va ispan 
korteslariga borib taqaladi.


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
248
249
muhitni muhofaza qilishni va tabiiy resurslardan foydalanishni, 
shuningdek, boshqa munosabatlarni O‘zbekistonga tegishli 
huquq doirasida qonun yo‘li bilan tartibga solib turishi 
belgilab qo‘yildi;
uchinchidan, Oliy Kengash Rayosati respublika Oliy 
Kengashining sessiyalarini tayyorlash, Oliy Kengashning 
doimiy komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirib turish
o‘zbekiston qonunlarining loyihalari va davlat hayotining 
boshqa eng muhim masalalari xalq muhokamasiga qo‘yilishini 
tashkil etish, respublika qonunlari hamda respublika Oliy 
Kengashi, O‘zbekiston Prezidenti qabul qilgan boshqa 
hujjatlar o‘zbek, rus va boshqa tillarda, Qoraqalpog‘iston 
uchun esa, - qoraqalpoq tilida ham e’lon qilinishini ta’minlash 
bilan shug‘ullanishi belgilandi;
to‘rtinchidan, agar ilgari O‘zbekiston qonunlari Oliy 
Kengash tomonidan qabul qilinib, Oliy Kengash Raisi va 
Rayosat kotibi tomonidan imzolangan bo‘lsa, endilikda 
qonunlar Prezident tomonidan imzolanishi, davlat boshlig‘i 
qonunlarni o‘z e’tirozlari bilan Oliy Kengashga qaytarishi 
mumkinligi belgilab qo‘yildi va h.k.
Shuningdek, 
Oliy 
Kengash 
1990-yil 
20-iyunda 
O‘zbekistonning “Mustaqillik deklaratsiyasi”ni qabul qildi. 
Ushbu hujjat ham Oliy Kengashning davlat mexanizmidagi 
qonun chiqaruvchi organ sifatidagi ustuvorligini yanada 
kuchaytirdi. Endilikda Ittifoq Oliy Sovetining qarorlari 
O‘zbekiston hududida respublika Oliy Kengashi tomonidan 
tasdiqlangan taqdirdagina yuridik kuchga ega bo‘ishi 
belgilandi.
Umuman, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining 
Oliy Kengashi davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun hayotiy zarur 
bo‘lgan ko‘plab huquqiy hujjatlarni amalga kiritdi. U o‘zining 
butun faoliyati davomida 182 ta qonun, 4 ta kodeks va 509 ta 
qaror qabul qildi. Shuningdek, milliy huquq tizimiga xalqaro 
saylovlarda o‘z aksini topdi. “Natijada o‘n ikkinchi chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tarkibi oldingi 
chaqiriqlardagi Oliy Sovetning barcha tarkiblaridan sifat 
jihatidan farq qildi. 500 nafar xalq deputatidan 418 nafari yoki 
83,6 foizi qonun chiqaruvchi oliy organga birinchi marotaba 
saylandi; 395 nafari yoki 79 foizi oliy ma’lumotga, 62 nafari 
yoki 12,4 foizi ilmiy darajaga, unvonga ega edi”. 
Ta’kidlash joizki, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston uchun tarixiy ahamiyat 
kasb etuvchi bir qator qonunlar va qarorlar qabul qildi. 
Uning 1990-yil 23-martda ish boshlagan birinchi sessiyasida 
O‘zbekiston Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga o‘zgartirish 
kiritish masalasi qo‘y ildi. 1990-yil 24-mart kuni “O‘zbekiston 
Prezidenti lavozimini ta’sis etish hamda O‘zbekiston 
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun Oliy 
Kengash va Oliy Kengash Rayosatining qonun chiqaruvchi 
organga nisbatan farmoyish beruvchi organga xos bo‘lgan bir 
qator vakolatlarini Prezidentning zimmasiga yuklatishga doir 
o‘zgarishlarni nazarda tutardi. Bu o‘zgarishlar quyidagilardan 
iborat:
birinchidan, Oliy Kengashning “davlat hokimiyatining 
oliy organi” degan bir muncha mavhum huquqiy maqomi 
aniqlashtirildi: Konstitutsiyaning 101-moddasi birinchi 
qismida O‘zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi - doimiy 
ishlaydigan O‘zbekiston Oliy Kengashi bo‘lib, u o‘z faoliyatida 
qonun chiqarish va nazorat qilish vazifalarini amalga oshirishi 
qat’iy belgilab qo‘yildi;
ikkinchidan, Oliy Kengash fuqarolarning konstitutsiyaviy 
huquqlari, erkinliklari va burchlari amalga oshirilishini
mulkchilik munosabatlarini, xalq xo‘jaligi va sotsial-madaniy 
qurilishni boshqarishni tashkil etishni, byudjet-moliya tizimini, 
mehnatga haq to‘lash va narx belgilashni, soliq solishni, atrof-



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling