Standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idoralar O’zstandart Agentligining maqsad va vazifalari Standartlashtirishning asosiy qonun-qoidalari


Download 28.83 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi28.83 Kb.
#1541827
  1   2   3
Bog'liq
17 Milliy standart


Mavzu: Milliy standartlashtirish va metralogiya tizimlari

Reja:

  1. Standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idoralar

  2. O’zstandart Agentligining maqsad va vazifalari

  3. Standartlashtirishning asosiy qonun-qoidalari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idoralar
Standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idora O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi ishlarni quyidagi qonun-qoidalarga asosan tashkil etadi: ixtiyoriylik, oshkoralik, baynalminallik, barcha manfaatdor tomonlarning ishtiroki, texnikaviy darajaning va samaradorlikning xisobga olinishi, asossiz har xillikning qisqartirilishi, standartlarning to’liqligi va uyg’unligi.
Standartlarni ishlab chiqishda quyidagilarni: standartlashtirilgan o’zaro bog’langan ob’ektlarga qo’yilgan talablarni kelishib olish va standartlashtirish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni amalda joriy etish muddatlarini uyg’unlashtirish yo’li bilan shu ob’ektlarni tupik va xar tomonlama standartlashtirish; me’yoriy xujjatlarga kiritiladigan talablarning maqbulligini ta’minlash lozim. Zamonaviy fan va texnika yutuqlari, chet el va mamlakatimizning ilg’or tajribasiga muvofiqlashtirib, muntazam tekshirish va standart talablarini yangilash yo’li bilan standartdagi ko’rsatkichlarni o’z vaqtida o’zgartirib turish kerak.
Standartlar faqat shunday talablarni joriy etish kerakki, ular mahsulot xossasini va undan foydalanish xususiyatiga oid tomonlarni aniqlash lozim.
Standartlarda ob’ektiv ravishda tekshirilishi mumkin bo’lgan talablar kiritiladi. Standartlar maxsulotni sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqli bo’lishi kerak. Standart talablarining bir xil ma’noda tushunilishini ta’minlash uchun u aniq va yaqqol ifoda etilish lozim. Standartlashtirish ishlarini tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish" to’g’risida 1992 yil 2 - martdagi 93-son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, O’zstandart Agentligi - standartlashtirish bo’yicha milliy idora xisoblanadi.

Download 28.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling