Standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idoralar O’zstandart Agentligining maqsad va vazifalari Standartlashtirishning asosiy qonun-qoidalari


O’zstandart Agentligining maqsad va vazifalari


Download 28.83 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi28.83 Kb.
#1541827
1   2   3
Bog'liq
17 Milliy standart

O’zstandart Agentligining maqsad va vazifalari.

O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo’yicha ishlar O’zstandart Agentligi tomonidan standartlashtirish bo’yicha texnika qo’mitalari (TK), korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning bo’lajak rejalari (dasturlari) tuziladigan yillik rejalar bo’yicha amalga oshiriladi. Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg’unlanishini, kishilarning xayoti va sog’ligi uchun xavfsizlikni, atrof-muxitning muxofaza qilinishini, iste’molchilar xuquqining ximoya qilinishini, milliy sotsial-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.


O’zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlarni ishlab chiqish , odatda xar bir manfaatdor korxona va tashkilotlarning muxtor vakili bo’lgan mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy ko’mitalar (TTQ) kuchi bilan yoki standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik qo’mitalar o’z faoliyatini standartlashtirish bo’yicha texnikaviy qo’mita xaqidagi Namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan. «Texnik qo’mitalar»ning nizomiga muvofiq tayanch tashkilot esa «Standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilot to’g’risida»gi Namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
Texnik qo’mitalar va tayanch tashkilotlar joriy qonunlar xamda O’zbekiston Respublikasi standartlarining loyixasi va texnikaviy shartlarining ishlab chiqilishi yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofik ularning sifati va o’z muddatida olib borilishi uchun javobgardir.
O’zstandart Agentligi, O’zbekiston Respublikasining qurilish davlat qo’mitasi, Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan sohalari bo’yicha) respublika standartlari ko’rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo’llanilish muddatini cho’zadilar va bekor qiladilar xamda unga o’zgartirishlar kiritadilar.
Respublika standartlari va ularga o’zgartirishlar tasdiqlanish darajasidan qat’iy nazar O’zstandart Agentligi davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. O’zstandart Agentligi respublikada standartlashtirish bo’yicha ishlarga umumiy uslubiy raxbarlikni ta’minlaydi. Sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiklashtirish uchun zarurat bo’lgan xollarda, O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari va boshqa xo’jalik tuzilmalaridan bo’linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan va texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlarida tuziladi.
Korxona raxbarlari korxonalarda standartlashtirish bo’yicha ishlarning tashkil etilishi va bu ishlarning bajarilishi axvoli uchun bevosita javobgardir. Korxonalar zarur bo’lganda standartlashtirish bo’yicha bo’linmalar (xizmatlar) konstruktorlik-texnologik yoki ilmiy-tadqiqot bo’limi, laboratoriya, byuro tashkil etadi. Ular korxonada standartlashtirish bo’yicha ishlarga tashkiliy-usuliy va ilmiy-texnikaviy raxbarlikni amalga oshiradi, standartlashtirish bo’yicha ilmiy-tekshirish va tajriba- konstruktorlik va boshqa ishlarni bajaradilar, korxonaning boshqa bo’linmalari- tomonidan o’tkazilayotgan standartlashtirish ishlarini bajarishda xam qatnashadilar. Korxona, muassasalar, tashkilotlarda standartlashtirish bo’yicha olib boriladigan ishlar asosiy ishlar turiga kiradi. Standartlashtirish sohasidagi me’yoriy xujjatlarning toifalari, standartlarning turlari, O’zbekiston Respublikasi xududida standartlashtirish ob’ektlariga qo’yilgan talablarni belgilovchi me’yoriy xujjatlarning quyidagi toifalari qo’llaniladi: Mustaqil davlatlar xamdo’stligining davlatlararo standartlari (GOST);
O’zbekiston Davlat standartlari (O’zDst); Texnikaviy shartlar (TSh); Korxonalar, birlashmalar, firmalar, konsernlar va boshqa xo’jalik sub’ektlarining standartlari (K.S); Xalqaro, mintaqa va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari (ISO, MEK va boshkalar). Milliy standarlashtirish ob’ektlariga:
- yagona texnikaviy tilni qo’shib xisoblaganda umumtexnikaviy ob’ektlar, umumiy mashinasozlikda qo’llaniladigan buyumlarning na’munaviy konstruksiyalari (maxkamlash vositalari, asboblar va boshqalar), materiallar va moddalarning xususiyati xaqidagi ishonchli ma’lumotlar, texnikaviy-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash;
- aniq maqsadga yo’naltirilgan davlat ilmiy-texnikaviy va sotsial-iqtisodiy dasturlari va loyixa ob’ektlari;
- respublikaga (yoki muayyan korxonalarga) maxsulot yoki texnologiyaning raqobat qilish qobiliyatini oshirishni ta’minlash imkonini beradigan fan va texnika yutuqlari;
- respublikada ichki extiyojini qondirish uchun, shuningdek ishlab chiqariladigan maxsulotlar kiritiladi. Standartlarning talablari va texnikaviy shartlari xalqaro, mintaqaviy va sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari talablari bilan uyg’unlashtirilishi lozim. Standartlar va texnikaviy shartlarni tasdiqlovchi tashkilotlar standartlarning talablari asoslanganligi uchun standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi bilan barobar javobgar xisoblanadilar.



Download 28.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling