Tarbiyaning umumiy metodlari


Download 35.43 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1343325
  1   2   3   4
Bog'liq
tarbiyachi shaxsida


TARBIYANING UMUMIY METODLARI
Reja:
1. SHaxsda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish.
2. Aqliy tarbiyaning shaxs dunyoqarashini shakllantirishdagi roli.
3. SHaxs dunyoqarashini shakllantirish ma’naviy-axloqiy tarbiyaning roli.
4. Iqtisodiy tarbiyaning o’quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdagi roli.
5. Ekologik tarbiya jarayonida o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.
6. Fuqarolik tarbiyasining mazmuni va vazifalari.
7. O’quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati.
8. O’quvchilarda vatanparvarlik va baynalminallik hissini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining asosi.
9. Huquqiy tarbiya mazmuni.
SHaxsda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirishDunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Unda ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar namoyon bo’ladi.
Dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg’usiga ega bo’lishi uchun zamin yaratadi.

Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o’zlashtirilishi muhim ahamiyatga ega. SHaxs dunyoqarashida ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuv va qadriyatlari, axloqiy tamoyillar aks etadi. Dunyoqarashning boyib borishi shaxsiy sifat va fazilatlarnin boyitadi, barqarorlashtiradi. Ezgu g’oyalardan tarkib topgan dunyoqarash shaxs ijobiy fazilatlarinig boyitadi.
Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo’lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash uzluksiz, izchil ravishda mavjud bilimlarni puxta o’zlashtirish, hayotiy tajribani orttirish asosida shakllanadi. SHunga ko’ra shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.

Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling