I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
242 243 bilan nazorat qilinmaydi. Referendumga tayorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi. Referendum o‘tkaziladigan kunda 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga ega. Respublika hududidan tashqarida yashayotgan O‘zbekistori Respublikasining fuqarolari ham referendumda ishtirok etadilar. Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Xuddi saylovdagi singari, referendumda ham, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar referendumda ishtirok etmaydilar. Referendumga tayorgarlik ko‘rish, o‘tkazishning ba’zi tadbirlari oshkora va ochiq o‘tkaziladi. Referendumni oshkora, adolatli o‘tkazishni ta’minlashda kuzatuvchilar alohida rol o‘ynaydi. Referendumning demokratik xususiyati yana shunda ko‘rinadiki, fuqarolar jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari referendum o‘tkazilishini yoqlab yoki unga qarshi, referendumga qo‘yilayotgan qonun loyihasi, amaldagi qonun yoki boshqa masalani yoqlab yoki unga qarshi hech qanday moneliksiz tashviqot olib borish huquqiga ega. Referendum qarorlari jiddiy oqibatlarni vujudga keltiradi. Shuning uchun undan faqat ezgulik yo‘lida foydalanish maqsadlaridan kelib chiqib ayrim masalalarni referendumga qo‘yish mumkin emasligi ham qonunda belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar quyidagilar hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini 9-moddasida “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi” deb mustahkamlab qo‘yilgan. “O‘zbekiston Respublikasining referendum to‘g‘risida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u keyinchalik o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan yangi tahrirda tasdiqlangan. Referendum va saylov o‘rtasida juda katta umumiylik va o‘xshashlik mavjud. Avvalo, ularning hаr ikkalasi demokratiya ifodasi, fuqarolarning davlat va jamiyat hayotida ishtirokini ta’minlovchi usul; ularning har ikkalasida maqsadga ovoz berish orqali erishiladi; tashkil qilish va o‘tkazishda amal qiladigan prinsiplar o‘xshash va hokazo. Referendumning saylovdan farqi ham mavjud. Saylovlarda mansabdor shaxslar, deputatlar saylansa, saylovchi nomzodlarga ovoz bersa, referendumda masalaga ovoz beriladi, biron-bir masala hal qilinadi, yana saylov aniq belgilangan muddatlarda o‘tkazilsa, referendum zaruriyatga qarab o‘tkaziladi. Qonunda qayd qilinishicha referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, u faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Referendum saylovlar singari umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri prinsipda yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi, fuqarolar unda o‘z xohish-irodasini erkin-ixtiyoriy bildiradilar. Referendumda ishtirok etishga, shuningdek, ishtirok etmaslikka biron bir tarzda ta’sir qilinishi mumkin emas. Har bir fuqaro referendumda teng asosda ishtirok etadi va bitta ovozga ega. Referendumda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, ularning xohish-irodasi bildirishi hech qanday yo‘l |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling