2-§. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
davlat hokimiyati tizimidagi tutgan o‘rni hamda
konstitutsiyaviy vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat
vakillik organi hisoblanib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni
amalga oshiradi. Oliy Majlis palatalarining davlat
mexanizmida tutgan o‘rni, davlat hokimiyatining boshqa
organlari bilan munosabatlari, vakolatlari va ularni amalga
oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi
va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlar, “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti
to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining reglamenti to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa
qonun hujjatlari, shuningdek, palatalarning reglamentlari
orqali tartibga solinadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
10-moddasida, O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan
Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin,
deyiladi. Mazkur normaning o‘ziyoq, Oliy Majlisning oliy
vakillik hokimiyatini amalga oshirishini, uning davlat
hokimiyati organlari tizimida alohida o‘rin tutishini
nazarda tutadi. Konstitutsiyaning “Davlat hokimiyatining
tashkil etilishi” deb nomlangan beshinchi bo‘limi esa,
“O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqidagi XVIII
bob bilan boshlanadi. 76-88-moddalardan iborat mazkur bob
O‘zbekiston Respublikasi parlamentining konstitutsiyaviy
maqomini belgilab beradi.
Konstitutsiyaning 76-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib,
qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi
Do'stlaringiz bilan baham: |