I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
268
269
o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlash mas’ul qo‘mita tomonidan 
amalga oshiriladi. Fraksiyalar (deputatlar guruhlari) qonun 
loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga 
ko‘ra mas’ul qo‘mitaga o‘z fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
Mas’ul qo‘mita fraksiyalar (deputatlar guruhlari), 
manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlarining 
fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasining 
dastlabki tarzdagi muhokamasini o‘tkazadi va agar 
Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat 
belgilangan bo‘lmasa, qonun loyihasi olingan kundan e’tiboran 
ikki oy ichida unga:
Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini 
birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga 
kiritish to‘g‘risidagi qarori loyihasini;
mas’ul qo‘mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish 
yoki rad etish zarurligi asoslangan xulosasini;
fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi 
bo‘yicha fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda, Qonunchilik 
palatasi Kengashi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida
uch o‘qishda ko‘rib chiqadi.
Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi o‘qishda qabul 
qilingan taqdirda, mas’ul qo‘mitaning taklifiga binoan 
qonunni keyingi o‘qishlar tartib-taomilini istisno etgan holda 
qabul qilish to‘g‘risidagi masala ovozga qo‘yilishi mumkin. 
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari 
umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
Deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul 
qilingan qonun Qonunchilik palatasining tegishli qarori va 
boshqa zarur materiallar bilan birgalikda mas’ul qo‘mita 
tomonidan rasmiylashtiriladi hamda Qonunchilik palatasi 
Spikeri tomonidan Senatga ko‘rib chiqish uchun o‘n kun ichida 
yuboriladi.
xalqaro tajriba qo‘llanilishining maqbulligi to‘g‘risidagi asosli 
takliflar ketma-ket tartibda ko‘rsatilgan tahliliy qiyosiy jadval;
moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari 
uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini 
ko‘paytirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi 
qonunlarning loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasiga 
muvofiq, Qonunchilik palatasining Kengashi huzurida 
Qonunchilik palatasi devoni xodimlari orasidan uch kishidan 
iborat tarkibda kiritiladigan qonun loyihalarini va boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni 
tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tuzilishi 
belgilab qo‘yildi. Qunda kelib tushgan qonun loyihalarini va 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish, Qonunchilik palatasi Kengashi a’zolarini ular haqida 
xabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib 
borish Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatildi.
Shuningdek, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) 
qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi 
shartligi qonunda mustahkamlab qo‘yildi. Bu esa siyosiy 
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling