4-§. O‘zbekiston Respublikasida
qonunchilik jarayoni
Mamlakatimizda qonunchilik jarayoninini tartibga
soladigan, tegishli normalarni doimiy tarzda takomillashtirib
boradigan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilingan. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”,
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi
konstitutsiyaviy qonunlar, “O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘nsida”
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti
to‘g‘risida”, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” (yangi
tahrir), “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish
tartibi to‘g‘risidagi qonunlar hamda parlament palatalarining
reglamentlarini misol tariqasida sanab o‘tishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining eng muhim
funksiyasi - qonunchilik faoliyatidir. Qonunchilik faoliyati
deganda, qonun loyihalarini tayyorlash, ularni Qonunchilik
palatasiga taqdim etish, muhokama qilish, qabul qilish,
ma’qullash, sanksiyalash va promulgatsiya qilishdan iborat
bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon tushuniladi.
Ikki palatali parlament sharoitida qonun ijodkorligi
jarayoni quyidagi besh qismdan iborat bo‘ladi:
qonunchilik tashabbusi;
qonun loyihasini muhokama qilish;
qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;
qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi;
qonunni imzolash va e’lon qilish.
Qonunchilik faoliyatining dastlabki bosqichida qonun
loyihasi tayyorlanadi va Qonunchilik palatasiga taqdim
etiladi. Bu bosqich qonunchilik tashabbusi deb yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |