I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
partiya fraksiyalari hamda deputatlik guruhlarning har bir
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
partiya fraksiyalari hamda deputatlik guruhlarning har bir qonun loyihasi yuzasidan o‘zining mustaqil pozitsiyasini bildirish imkoniyatini kafolatlab beradi. Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganda Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi. Ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi tegishli materiallar bilan qo‘mitalarga yuboriladi. Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ 270 271 tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak. Qonun loyihalarini ishlab chiqishga va muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Qonunchilik palatasi hamda Senat qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlari tashkil etiladi. Ushbu ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi. Qonunchilik palatasining qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi hamda Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan beigilanadi. Qonun ijodkorligi faoliyatini yanada kuchaytirish Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan mas’ul qo‘mitaga topshiriladi. Mas’ul qo‘mitaning xulosasida qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi to‘g‘risidagi xulosada mas’ul qo‘mitaning qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari bayon etilishi lozim. Mas’ul qo‘mitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Agar Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling