KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
286
287
Prezidentni saylashi mumkin. Yana diqqatga sazovor narsa -
Prezidentning umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanishidir.
Umumiy saylov orqali mamlakatimizning saylov yoshiga
еtgan (saylash huquqi 18 yosh)
barcha fuqarolarining ovoz
berishda ishtirok etishiga imkoniyat yaratiladi. Faqat sud
tоmоnidаn muоmаlаgа lаyoqаtsiz dеb tоpilgаn fuqаrоlаr, оg‘ir
vа o‘tа оg‘ir jinоyatlаr sоdir etgаnligi uchun sudning hukmi
bilаn оzоdlikdаn mаhrum etish
jоylаridа sаqlаnаyotgаn
shахslаr saylovda ishtirok etmaydi.
Teng saylov huquqi orqali barcha fuqarolarga teng imkoniyat
yaratiladi, har bir saylovchi bir ovozga ega. To‘g‘ridan to‘g‘ri
saylov orqali fuqarolar Prezidentni bevosita saylaydi, ularning
bergan ovozi Prezident saylovida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Yashirin ovoz berish orqali esа fuqarolarning ovoz berish
natijasi hech kimga ma’lum bo‘lmaydi, shuning uchun u erkin,
o‘z xohishiga ko‘ra, chetdan bo‘ladigan ta’sirlarsiz ovoz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: