I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
288 289 tadbirlarni ko‘radi. Mustaqillikni muhofaza qilish davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining faoliyat ko‘rsatishi orqali ta’minlanadi. SHuning uchun Prezident maxsus vakolatlarga ega. Xususan, favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz berganda shaxsan o‘zi tezkor qarorlar qabul qiladi. Prezident davlat boshlig‘i sifatida xalqaro munosabatlar sohasida muhim vakolatlarga ega. Prezident xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining vakilidir. Bu vakillik funksiyasini u yakka o‘zi amalga oshiradi. Prezident o‘z vakillarini yuborishi mumkin. Bu vakillar davlat nomidan vakolatlarga ega bo‘ladi. Prezident mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi. Prezidentning tashqi siyosat sohasidagi muhim vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: birinchidan, uning huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlami O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi. Konstitutsiya 93-moddasining 7-bandida shu narsa belgilab qo‘yilganki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalaiari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega. Bu murojaatlar normativ hujjat hisoblanmasada, siyosiy tusga ega bo‘lib, mamlakat taraqqiyotining dasturiy prinsiplari va strategik vazifalarini o‘z ichiga oladi. Davlat boshlig‘ining qonun chiqaruvchi organga murojaat qilish amaliyoti deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Murojaatnomaning mazmuni yuridik nuqtayi nazardan hollarda tegishli choralar ko‘rishga burchlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Konstitutsiya qabul qilinganligining 27 yillik tantali marosimdagi ma’ruzasida, so‘nggi yillаrdа jinоyat sоdir etgаn shахslаrni аfv etish bo‘yichа 8 tа fаrmоn qаbul qilinib, 4 mingdаn ziyod shахs jаzоni o‘tаsh jоylаridаn оzоd qilindi. Аnа shu ishlаrimizning mаntiqiy dаvоmi sifаtidа kuni kеchа nаvbаtdаgi fаrmоngа imzо chеkdim. Ungа binо- аn jinоiy qilmishigа chin dildаn pushаymоn bo‘lib, tuzаlish yo‘ligа qаt’iy o‘tgаn 92 nаfаr mаhkum аfv etilib, ulаr erkin hаyotgа qаytаrilаdi. Bu yil Jаsliq qo‘rg‘оnidаgi jаzоni ijrо etish kоlоniyasini yopgаnimiz hаm аnа shundаy insоnpаrvаr siyosаtning аmаliy nаmunаsi bo‘ldi. Оzоdlikdаn mаhrum etilgаn shахslаrgа pеnsiya vа ijtimоiy sug‘urtа to‘lаsh tаrtibi birinchi mаrtа аmаliyotgа kiritildi. Nаtijаdа mаnzil- kоlоniyalаrdа jаzоni o‘tаyotgаn pеnsiya yoshidаgi 709 nаfаr mаhkumgа pеnsiya pullаri to‘lаb bеrilаyotgаnligi alohida ta’kidlanib o‘tildi. Darhaqiqat, ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquq va erkinlilkarini ta’miniashdagi rolining amaliy natijasini ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir. Prezident o‘z vakolatlarini amalga oshira borib, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarini talab darajada bajarishlarini ta’minlaydi. U xatti-harakatlari Konstitutsiya talablariga javob bermayotgan organlar va shaxslarga bevosita murojaat qilish orqali yoki shu sohadagi vakolatli organlar, xususan, sudlar vositasida bunga erishadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyada belgilangan tartibda davlatning mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish yuzasidan zarur chora- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling