I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
294
295
tengdir (Konstitutsiyaning 21-moddasi). Fuqarolikka ega 
bo‘lish va uni yo‘qotishning asos va tartiblari «O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolik to‘g‘risida»gi qonuni bilan 
belgilanadi. Qonunning 30-moddasida Prezidentning 
fuqarolik masalalari bo‘yicha vakolatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Prezident quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy 
yashab kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul 
qilish;
ikkinchidan, xorijda yashayotgan va tegishli iltimosnoma 
bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat 
qilgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish;
uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga 
tiklash to‘g‘risida;
to‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan 
chiqarish to‘g‘risida;
beshinchidan, O‘zbekistpn Respublikasining fuqaroligini 
yo‘qotganlik to‘g‘risida.
Konstitutsiyaning 93-moddasi 21-bandiga muvofiq, davlat 
mukofotlari (ordenlar, medallar, yorliqlar) bilan taqdirlash 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan amalga 
oshiriladi.
U oliy harbiy unvonlarni (masalan, armiya generali), 
oliy malakaviy unvonlarni (masalan, diplomatik daraja), 
oliy maxsus unvonlarni (masalan, amaldagi davlat adliya 
maslahatchisining toifa darajasini) beradi. Fan va texnika
adabiyot va san’at sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha 
komissiyaning qarori Prezident farmonlari bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti amnitsiya 
Lekin Prezident bunday qarorni qabul qilishda erkin emas, 
chunki favqulodda holat faqat qonunda belgilangan hollarda 
va tartibdagina joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining harbiy sohadagi 
vakolatlari ham salmoqlidir. U Respubiika Qurolli Kuchlarining 
Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy 
qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy 
harbiy unvonlar beradi.
Prezidentning Oliy Bosh qo‘mondon ekanligi Mudofaa 
vazirligiga har qanday qonuniy buyruqlar berishiga imkon 
tug‘diradi. Mudofaa vaziri amalda bevosita Prezident 
rahbarligida ishlaydi. Urush yoki agressiya holatida Prezident 
har qanday vaqtda qurolli kuchlarga boshchilik qilishni o‘z 
zimmasiga olishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tajovuzdan mudofaa 
qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatiarini bajarish 
zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilishga haqli, u bu 
qarorini uch kun mobaynida mamlakat Oliy Majlisi tasdig‘iga 
kiritadi.
Davlat boshlig‘i sifatida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining vakolatlari jumlasiga fuqarolik, siyosiy 
boshpana berish, O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mukofotlari bilan taqdirlash, avf etish to‘g‘risidagi hujjatlarni 
qabul qilish va gunohidan kechishni amalga oshirish kabi 
masalalarni hal qilish ham kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qariyb 
uch yil davrida uzoq yillar mamlakatirnizda istiqomat qilib, 
jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan va biz 
bilan vatandosh bo‘lishni orzu qilgan 3 mingdаn оrtiq shaxs 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
O‘zbekistonda yagona fuqarolik joriy etilgan bo‘lib, unga 
qanday asoslarda ega bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha uchun 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling