I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
292 293 Prezidentning respubiika davlat va davlat boshqaruv oliy organlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlashdagi vakolatlari keng qamrovlidir. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlash uchun Prezident konstitutsiyada ko‘rsatilgan boshqa vositalardan ham foydalanish imkoniyatiga ega. Chunki u to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy saylovlarda xalq topshirgan siyosiy mandatga ega. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunlarni imzolaydi. Prezidentning imzosi bo‘lmasa, qonun kuchga kirmaydi. Bu davlat boshlig‘ining an’anaviy funksiyasi bo‘lib, qonunga majburiy kuch beradi va qonun chiqaruvchilik jarayonini yakunlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak. Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat masalasidagi vakolatlari Konstitutsiyaning 93-moddasi 19-bandida aniq ifodalangan. Faqat Prezidentgina butun respubiika hududida favqulodda holat joriy etishga haqli. U qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida Oliy Majlisning palatalari tasdig‘iga kiritadi. mumkinki, Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek, o‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi nomzodlarini taqdim etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil Oliy Majlisga Murojaatnomada, Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga to‘liq moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash zarurligi, buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash vazifasini Sudyalar oliy kengashi to‘liq o‘z zimmasiga olishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlab o‘tildi. Faqat ijroiya hokimiyat organlarini tuzishdagina emas, balki ularning faoliyati bilan bog‘liq sohada ham Prezidentga katta vakolatlar berilgan. Agar respublika boshqaruv organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlari Konstitutsiya va qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga zid bo‘lsa yoki ular inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini poymol qilsa, ushbu masala tegishli sudda hal qilinmaguniga qadar Prezident bu hujjatlarni to‘xtatish yoki bekor qilishga haqlidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling