I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
290 291 ikki yo‘l bilan erishiladi: yoki Prezident muayyan mansabdor shaxslarni tayinlaydi, Oliy Majlis esa tasdiqlaydi yoxud Oliy Majlis tayinlaydi, nomzodni esa Prezident taqdim etadi. 2019-yil 5-martdagi “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (79,93,98-moddalari)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, Konstitutsiyaning 93-moddasi, birinchi qismining bandi quyidagi tahrirda bayon etildi: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi Raisini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi. Shuningdek, Prezident Bosh vazirning taqdimiga muvofiq viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashlarining tasdig‘iga kiritadi. Prezident o‘z qarori bilan Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod etishga haqli. Davlat xavfsizlik xizmati borasida Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi. Sud hokimiyati organlariga kelganda, shuni aytish majburiy kuchga ega bo‘lmasada, dasturulamal sifatida qonun chiqaruvchi organga ham, mamlakatdagi jamoatchilik fikriga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda ushbu normaning amaldagi tatbig‘i sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini misol tariqasida ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Mazkur Murojaatnomada Prezident tomonidan, “Davlat boshqaruvining bunday demokratik usuli bugun O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga g‘oyat uyg‘un va hamohang bo‘lib, bizning ish faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi” 45 , degan fikrga alohida to‘xtalib o‘tdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijro etuvchi hokimiyatni tuzish bilan bog‘liq vakolatlari Konstitutsiyaning 93-moddasining 8, 10, 11, 12, 13, 15, 20, 24-bandlarida bayon qilingan. Bunday vakolatlarning ko‘pligiga ikkita sabab bor: birinchidan, Prezident bo‘lib saylangan shaxsning dasturi umumxalq saylovlari orqali qo‘llab-quvvatlangani uchun u ijroiya hokimiyat organlarini tuzishda muayyan vakolatlarga ega bo‘lishi kerak. Chunki uning dasturini bajarish, asosan, ijro etuvchi hokimiyat organlari zimmasiga tushadi, ularni tuzishda Prezidentning vakolatlari juda muhim o‘rin tutadi; ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslaridan biri bo‘lmish hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi davlatning biror-bir organini faqat bir hokimiyat tarmog‘i tomonidan tuziiishini istisno qiladi. Shuning uchun davlat hokimiyatining markaziy organlarini tuzishga ham Prezident, ham Oliy Majlis jalb qilingan. Bunga 45 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. -Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2018 — Б.З |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling