I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
306
307
ma’muriy islohotlar amalga oshirilgan, bundan tashqari, 
ijro etuvchi hokimiyatni mamlakatimizda Prezidentlik 
institutini joriy etish va uni mustahkamlash sharoitida, davlat 
boshlig‘i rahbarligida avvaliga Prezident huzuridagi Vazirlar 
Mahkamasi, keyinchalik mustaqil organ - Hukumat sifatida 
tashkil topishini Prezident va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga 
oid huquqiy asoslarni chambarchas bog‘liqliqda o‘rganishni 
talab qiladi.
Masalan mustaqillik arafasida Prezident lavozimi ta’sis 
etilgach, hukumatning vakolat doirasida, tarkibida, faoliyatida 
sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Avvallari, O‘zbekiston 
Respublikasining hukumati - Ministrlar Soveti deb atalgan 
bo‘lsa
50
, O‘zbekistonning 1978-yilgi Konstitutsiyasiga 1990-
yil mart oyida kiritilgan o‘zgartishlar natijasida u Vazirlar 
Mahkamasi deb ataldi
51
. Prezident uning raisi hisoblanadi, ana 
shu vaqtda amalda bo‘lgan Konstitutsiyaning 120-moddasida 
Vazirlar Mahkamasi tarkibi Prezident, Vitse-Prezident, Vazirlar 
Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari, 
vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, yirik kontsern va 
birlashmalarning raislaridan iborat bo‘lishi ko‘rsatildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tarkibiga o‘z lavozimi 
bo‘yicha kirishi belgilab qo‘yildi
52
.
1990-yil 1-noyabr kuni O‘zbekiston SSRda ijroiya va 
boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish 
to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Natijada mavjud prezidentlik 
hokimiyati bilan Vazirlar Kengashining ijroiya - boshqaruv 
hokimiyati qo‘shib yuborilib, u Prezident huzuridagi Vazirlar 
50 Ўзбекистан ССРнинг “Ўзбекистан Республикаси Министрлар Совети 
тўғрисида”ги қонуни // Ўзбекистан Республикаси Олий Советининг 
ведомостлари. -1978. - № 36. - 527-модда
51 Хусанов О Т. Ўзбекистан Республикаси давлат органлари. / Масъул 
муҳаррир А.Азизхўжаев/. -Тошкент: Шарк, 1996 - Б. 58-59.
52 Ўзбекистан ССРнинг Конституцияси. - Тошкент: Ўзбекистан, 1991. 44 б.
rivojlantirish, shuningdek, “aqlli tartibga solish” modellarini 
va qabul qilinayotgan qarorlarning tartibga solish ta’sirini 
tahlil qilishning standartlashtirilgan uslubiyotini joriy 
etish, ayrim davlat funksiyalarini jamoatchilik nazorati 
sub’ektlariga o‘tkazish yo‘li bilan tartibga solish vositalarini 
takomillashtirish, ishni tashkil etishning aniq natijalarga 
erishishga qaratilgan zamonaviy uslublarini (sifat menejmenti, 
indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing) joriy 
etish hamda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va 
ularning amalga oshirilishini monitoring qilish jarayonida 
jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakl 
va mexanizmlaridan keng foydalanish va boshqa ustuvor 
vazifalar belgilab berildi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling