I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
312
313
miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir 
necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh 
vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n 
kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Bu bosqichda Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan 
paytda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin 
muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini 
taqdim etishi talab etiladi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun o‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati 
a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz 
berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
Qonunchiligimizda Bosh vazir saylanishi bilan bog‘liq 
masalalarda turli vaziyatlarni hisobga olgan holda 
yondashilganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, agar ovoz 
berish vaqtida Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari 
yoki Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini 
ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 
barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qo‘shimcha 
maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng Bosh vazir lavozimiga 
nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga 
binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Parlamentga Bosh vazir faoliyatini kuzatib borish va 
nazorat qilish funksiyasi berilgan. Bosh vazir va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir vazifasini bajaruvchi 
tayinlanishi va Oliy Majlis yoki uning palatalaridan birining 
tarqatib yuborilishi to‘g‘risidagi qoida mustahkamlandi. 
To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘lishi 
qonunda belgilab qo‘yildi.
Hozirgi kunda, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, 
davlat qo‘mitalarining raislari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi 
tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasini shakllantirish, dastlab saylovda 
eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki bir 
necha siyosiy partiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va 
ilgari surilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan taqdim etilgan Bosh vazir nomzodini O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari 
va Senati a’zolari tomonidan saylash orqali boshlanadi.
Bu jarayon biroz murakkab ko‘rinsada u o‘ziga xos 
mantiqiy ma’noga va tartibga ega. Ushbu qoidalar 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, “Davlat 
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning 
rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun, 
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 
Qonun hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi va 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti 
to‘g‘risida”gi Qonunlarda batafsil yoritilgan.
Jumladan, Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng 
ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling