I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
318
319
amalga oshirilishi va biriktirilgan sohalarda aniq natijalarga 
erishish uchun idoralar rahbarlarining mustaqilligini 
oshirishga xizmat qiladi.
Farmonda Hukumatning tashkiliy-shtat tuzilmasini tubdan 
qayta ko‘rib chiqish, hujjatlar ekspertizasi tartibotlarini jiddiy 
ravishda soddalashtirish, qarorlar qabul qilishning tezkorligini 
ta’minlash, chet elda keng qo‘llaniladigan aniq ko‘rsatkichlarga 
erishishga va maqsadli indikatorlarga asoslangan vazirliklar, 
davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari faoliyatini baholash 
tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tubdan 
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar 
belgilandi:
yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali 
ijro etilishi va Hukumat a’zolari, ijro etuvchi hokimiyat boshqa 
organlari rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlarning 
shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqiashtirish 
va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali vazirliklar, 
davlat qo‘mitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat 
siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan 
moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida mustaqilligini 
oshirish;
aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga 
asoslangan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat 
organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning 
prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, iqtisodiyot 
tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, 
o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini 
amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlash;
hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda 
orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni 
rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal 
muhim dasturiy hujjat sifatida “Inson manfaatlari - hamma 
narsadan ustun” dеgan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga 
emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” 
dеgan ezgu g‘oyani hayotga amaliy tatbiq etilishida ulkan 
ahamiyat ega. Harakatlar strategiyasining birinchi bosqichida 
2017-yilning o‘zida Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq 
qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining 
qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy 
sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning 
mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq 
qabulxonalari, shuningdek, har bir davlat organida tashkil 
etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha 
maxsus bo‘linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan 
yangi samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar 
konsepsiyasi davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish, 
“Elektron hukumat” va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini 
rivojlantirish, iqtisodiyotga ma’muriy ta’sirni qisqartirish 
hamda boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, 
sog‘lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratish 
bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2019-
yil 
28-yanvardagi 
“Mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi 
samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi 
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5644-sonli 
Farmoni mamlakatimizni yanada jadal rivojlantirishda 
Hukumatning amaldagi yondashuvlari va ish usullarini qayta 
ko‘rib chiqish, uning faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan 
yangi va innovatsion usullarini joriy etishni, davlat siyosati 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling