Davlat xaridini tashkil etish modellari


Download 208.8 Kb.
bet1/7
Sana16.04.2023
Hajmi208.8 Kb.
#1360454
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu Davlat xaridini tashkil etish modellari (1)


Davlat xaridini tashkil etish modellari
4.1.Davlat xaridini rejalashtirish. Davlat xaridini tashkil etish shakllari.
4.2. Byudjetni shakllantirish mezonlari. Chegaralovchi omil.
4.3 Investitsion dasturni tayyorlash doirasida davlat xaridini rejalashtirish.
4.4 Davlat xaridining tashkiliy shakllari
4.5Tenderlarni tashkil etish va uning asosiy tamoyillari.
4.6 Davlat xaridining nazorat tizimi.


4.1 Davlat xaridini rejalashtirish
Davlat xaridini tashkil etish jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘langan tо‘rtta elementni о‘z ichiga oladi (1-chizma). Bu elementlar kompleks tusga ega bо‘lib, har bir elementni muvaffaqiyatli amalga oshirish, davlat xaridini samarali bо‘lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.

1-chizma



Davlat xaridini tashkiliy elementlari

davlat xaridini tashkil etish elemenlari


davlat xaridini rejalashtirish


xaridni tashkiliy shakllari


shartnomalarni tuzish va ijro etish
davlat xaridini nazorat tizimi


Davlat xaridini rejalashtirish – keyingi davr uchun byudjetni tuzish va qisman yoki tо‘liq davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya dasturini tuzish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon о‘z ichiga:

  • byudjet sо‘rovnomalarini shakllantirish va uni moliya organlariga taqdim etish;

  • davlat byudjetini tasdiqlash va byudjet ajratmalari hajmini byudjet mablag‘lari oluvchilarga yetkazish;

  • xarajatlar smetasini sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar guruhlari bо‘yicha rо‘yxatdan о‘tkazishni qamrab oladi.

Bugungi kunda, О‘zbekistonda davlat xaridini rejalashtirish amaliyotini о‘rganadigan bо‘lsak, davlat organlari va tashkilotlarning tovarlar va xizmatlarga bо‘lgan talabi haqida axborot oqimining “pastdan-yuqoriga” mexanizmining qonunchilikda kо‘zda tutilishiga qaramay, ushbu ehtiyojlarni moliyalashtirish hajmlarini aniqlash bir tomonlama tartibda “yuqoridan-pastga” kо‘rinishda amalga oshirilishining guvohi bо‘lamiz. Bu davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlar rо‘yxatidan “muhim bо‘lmagan”, “ortiqcha” va “asoslanmagan” xarajat bо‘limlarini chiqarib tashlash (qisqartirish) orqali amalga oshiriladi. Bunday kо‘rinishdagi rejalashtirish mexanizmi asosida, byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar ehtiyojlarini hamda unga yetarli miqdordagi moliyalashtirish hajmlarini aniqlashning meyoriy-xarajat usuli qо‘llaniladi.

Download 208.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling